$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Himoya orderlari ham himoya qila olmagan ayol

suitsid

Bekobodda turmush o‘rtog‘i tomonidan muttasil ruhiy va jismoniy tahqirlab kelingan 28 yoshli ayol o‘zini 5-qavatdan tashlab vafot etdi.

Voqea qanday sodir bo'lgan?

Turmush o‘rtog‘i tomonidan muttasil ruhiy va jismoniy tahqirlab kelingan 28 yoshli ayol 27-mart kuni 5-qavatdan tushib ketib, vafot etgan. Marhumaning yaqinlari uning o‘limida erini aybdor deb hisoblashmoqda. Bekobod tumani prokuraturasi tergovchisi hodisa bo‘yicha izoh bermasligini bildirgan. Ma'lum bo'lishicha, 27-mart kuni soat chamasi 21:30 larda Bekobod tumani, “Dalvarzin” MFY, Beruniy ko‘chasida yashovchi, 1996-yilda tug‘ilgan X.N. yashash xonadonining 5-qavatidan o‘zini tashlab, joniga qasd qilgan. Shifoxonaga olib borilgan ayol ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan vafot etgan.

Himoya orderlari

Aniqlangan ma'lumotlarga ko'ra, ayol oilali bo‘lib, 2 nafar farzand (6 va 2 yoshli qizlar)ning onasi bo‘lgan va muqaddam sudlanmagan. Ayrim manbalarga ko‘ra esa, marhumaga uch marta, so‘nggi bor 2024-yilning 6-mart kuni himoya orderi berilgan. Unda keltirilishicha, tazyiq o‘tkazilgan yoki zo‘ravonlik sodir etilgan taqdirda er va ayolning bir xonadonda bo‘lishi taqiqlangan.