$
 12198.28
-30.3
 14241.49
-41.49
 156.57
0.61
weather
+26
Кечаси   +14°

Subsidiya olishda qaysi hududlar yetakchilik qilmoqda?

Subsidiya

Ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya tizimi uy-joyga ehtiyoji bor fuqarolar uchun muhim qo‘llab-quvvatlov vositasiga aylandi. Iqtisodiyot va moliya vazirligi taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, 1-dekabr holatiga ko‘ra, 2024-yilda ipoteka kreditlari bo‘yicha jami 11 trillion 234 milliard 900 million so‘m subsidiya ajratilgan. Shundan 392,6 milliard so‘m boshlang‘ich badal uchun, 842,3 milliard so‘m esa ipoteka krediti bo‘yicha foiz to‘lovlarini qoplash uchun sarflangan.

Eng faol hududlar

Subsidiyalarni eng ko‘p olgan hududlar orasida Samarqand viloyati yetakchilik qilmoqda. Hududda jami 10 314 fuqaro subsidiya olgan bo‘lib, ajratilgan mablag‘ 172,7 milliard so‘mni tashkil etdi. Bu esa umumiy subsidiya hajmining 14 foizini tashkil qiladi.

Andijon viloyati va Farg‘ona viloyati keyingi o‘rinlarni egallaydi. Andijon viloyatida 8 089 nafar fuqaro uchun 137,9 milliard so‘m, Farg‘ona viloyatida esa 8 025 fuqaro uchun 128,4 milliard so‘m subsidiyalar ajratilgan.

Subsidiya olishda eng kam faollik Sirdaryo, Toshkent, va Navoiy viloyatlarida kuzatildi. Masalan, Sirdaryo viloyatida 1 384 fuqaro subsidiya olgan bo‘lib, bu 22,5 milliard so‘mni tashkil qiladi. Toshkent va Navoiy viloyatlarida esa subsidiya oluvchilar soni mos ravishda 2 994 va 3 596 nafarni tashkil etdi.

Banklarning roli

Subsidiyalarni ajratishda banklar orasida ham farqlar mavjud. Milliy bank subsidiyalar bo‘yicha eng faol bank sifatida ajralib turibdi. Bank tomonidan jami 17 692 fuqaro uchun 303,7 milliard so‘m ajratilgan bo‘lib, bu umumiy hajmning 24,6 foizini tashkil qiladi. Keyingi o‘rinlarda Ipoteka bank va Xalq banki turadi. Ipoteka bank orqali 16 063 fuqaro 272 milliard so‘mlik subsidiyadan foydalangan bo‘lsa, Xalq bankida bu ko‘rsatkich 11 259 fuqaro va 198 milliard so‘mni tashkil qiladi.

Aksincha, Mikrokreditbank, Hamkorbank, va Turonbank subsidiya ajratishda eng kam ko‘rsatkichlarni qayd etgan. Mikrokreditbank 1 817 fuqaroga 10,2 milliard so‘mlik subsidiya ajratgan. Hamkorbank va Turonbank ham bu borada kamroq faollik ko‘rsatdi.