$
 12910.15
-14.77
 14660.77
40.1
 159.78
-0.16
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

2025-yilda asosiy soliq stavkalari o‘zgarishsiz qoldirilmoqda

soliq

Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2025-yil uchun davlat byudjeti hamda soliq siyosati loyihasini e'lon qildi. Ushbu hujjat 2025-yil uchun Davlat byudjeti loyihasi va 2026-2027-yillar uchun byudjet moʻljallari asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlar prognozi asosida ishlab chiqilgan.

1-yanvardan kuchga kiradigan oʻzgarishlar

Mazkur hujjat loyihasiga koʻra, 2025-yil 1-yanvardan boshlab mahalliy byudjet daromadlarini oshirish maqsadida yuridik va jismoniy shaxslarning turar va noturar koʻchmas mulk obyektlariga solinadigan mol-mulk soligʻi stavkalari 10 foizga indeksatsiya qilinmoqda.

Bunda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va xalq deputatlari viloyatlar Kengashlari tomonidan noturar koʻchmas mulk obyektlari uchun belgilangan eng kam qiymatga tumanlarning iqtisodiy rivojlanishiga qarab 0,5 gacha boʻlgan kamaytiruvchi koeffitsiyent qoʻllash huquqi saqlab qolinadi.

Shu bilan birgalikda yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻining bazaviy stavkalari ham oʻrtacha 10 foizga indeksatsiya qilinmoqda.

Soliq stavkalari

foyda solig‘i - 15%;

QQS - 12%;

JShODS - 12%;

yuridik shaxslar uchun mol-mulk solig‘i - 1,5%;

AOS - 4%;

qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar uchun yer solig‘i - 0,95%;

qishloq xo‘jaligi yerlarini sug‘orish uchun suv solig‘i - 100 so‘m.

Sog‘lom turmush tarzini yaxshilash va tabiat resurslarini asrash:

Alkogol va tamaki mahsulotlari uchun aksiz solig‘i stavkalarini JST talablariga bosqichma-bosqich muvofiqlashtirilib, barcha shirin ichimliklarga aksiz solig‘i joriy etilmoqda. (Amalda gazlangan shirin ichimliklarlarda). Shuningdek, suvni isrof qilishni kamaytirish maqsadida avtomobillarni yuvishda foydalaniladigan suv uchun soliq stavkasi qayta ko‘rib chiqilmoqda (1 kub metr uchun 15 ming so‘m)

Tadbirkorlarga teng sharoitlar yaratish

Tadbirkorlarga teng sharoitlar yaratish maqsadida JST talablariga asosan tovar va xizmatlar eksporti bo‘yicha foyda solig‘i imtiyozi bekor qilinmoqda. Shu bilan birga, iqtisodiyotning barcha tarmoqlari ( sanoat, xizmatlar, qurilish va boshqalar) uchun suv solig‘i bir xil belgilanyapti