$
 11960.18
-46.21
 13761.38
-3.95
 150.42
-0.02
weather
+26
Кечаси   +14°

Dunyo tan olgan o‘zbekistonlik eng mashhur startaplar

Rasm

Silikon Vodiysi gigantlari, Google, NVIDIA va xalqaro venchur fondlari O‘zbekiston texnologik bozoriga shunchaki razvedka uchun emas, millionlab dollarlik cheklar bilan kirib kelmoqda. Mahalliy muhandislar va tadbirkorlar yaratgan sun'iy intellekt hamda logistika platformalari bugun AQSh, Yaqin Sharq va Yevropa bozorlarida global raqobatchilarini siqib chiqarishni boshladi. Million dollarlik raundlarni yopgan, Silicon Valley akseleratorlarini zabt etgan va dunyo tan olgan O‘zbekistonning eng kuchli 11 ta startapi bilan tanishing.

TASS Vision

TASS Vision — savdo nuqtalari uchun AI-videotahlil tizimi. Kameralar xaridorlar oqimi va xatti-harakatlarini tahlil qiladi. Startap 2025 yilda 1,5 mln dollarlik raund yopgan, unga Purple Ventures, DOMiNO Ventures va boshqa fondlar sarmoya kiritgan.

DataTruck

DataTruck — yuk tashuvchi kompaniyalar ishini avtomatlashtiruvchi logistika platformasi. 2026 yil boshida startap AI asosidagi tizimini rivojlantirish uchun 12 mln dollar investisiya jalb qildi.

Iman Invest

Iman Invest — islom moliyasi tamoyillari asosida ishlaydigan investisiya va bo‘lib to‘lash platformasi. Loyihaga dunyoning mashhur akseleratorlaridan biri 500 Global investisiya kiritgan, startap Seedstars global finaliga ham chiqqan.

PointAI

PointAI — internet-do‘konlar va elektron savdo uchun AI yechimlarini ishlab chiqadi. Startap xalqaro DOMiNO Ventures fondi sarmoya kiritgan o‘zbek loyihalari qatoriga kirgan.

Unitlab AI

5. Unitlab AI — sun’iy intellekt modellari uchun ma’lumotlarni tayyorlash va belgilash platformasi. Loyiha Google, NVIDIA va 500 Global tomonidan qo‘llab-quvvatlangan, yechimi AI modellarini tayyorlash jarayonini tezlashtirishga qaratilgan.

Geomotive

Geomotive — tashqi raqamli reklama joylarini yagona platformada birlashtiruvchi marketpleys. Loyiha O‘zbekistondan tashqari Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkiya, Misr va Dubayda ham ishlaydi, IT Park Ventures’dan investisiya olgan.

Tilmoch AI

Tilmoch AI — o‘zbek va boshqa turkiy tillar uchun AI-tarjima platformasi. Startap 150 ming dollar investisiya jalb qilib, 1,5 mln dollarlik bahoga chiqqan va Silicon Valley’dagi AlchemistX dasturiga qabul qilingan.

Growy AI

Growy AI — kompaniyalarda jamoa samaradorligi va HR jarayonlarini AI orqali tahlil qiladi. Startap AQShda ofis ochgan, amerikalik biznes-farishtalardan mablag‘ jalb qilgan va Plug and Play finalchilari qatoriga kirgan.

Numeo AI

Numeo AI — logistika kompaniyalari uchun “raqamli xodimlar” yaratadi. AI-agentlar marshrut, yetkazib berish va ta’minot jarayonlarini avtomatlashtiradi; loyiha yechimlari AQShdagi logistika kompaniyalarida ham qo‘llanmoqda.

 1doc.uz

1doc.uz — yuridik hujjatlar bilan ishlash platformasi. Kaliforniyadagi Plug and Play Tech Center tomonidan dunyoning eng istiqbolli 15 ta startapi qatoridan joy olgan.

CoRun.ai

CoRun.ai — kompaniyalarga sun’iy intellekt vositalari orqali ish jarayonlarini avtomatlashtirishga yordam beradi. O‘zbekistonlik hammuassis ishtirokidagi startap 2025-yilda 3,5 mln dollarlik investisiya raundini yopgan.

Теги :
Jamiyat