$
 11963.23
50.85
 13970.66
97.5
 155.35
1.96
weather
+26
Кечаси   +14°

Taylor Swift ikkinchi, The Weeknd esa uchinchi: 2025-yilning eng mashhur qo‘shiqchisi kim?

spotify

Spotify 2025-yilning yakuniy reytingini e’lon qildi. Unga ko‘ra, Taylor Swift bu yil 2-o‘rinni egalladi, The Weeknd esa 3-o‘rinda. 4-o‘rinni Drake, 5-o‘rinni bo‘lsa Billie Eilish band qildi. Joriy yilning eng yaxshi qo‘shiqchisi sifatida Bad Bunny birinchi o‘rinni egalladi.

2025-yilning eng mashhur albomi

Spotify ma’lumotlariga ko‘ra, Bad Bunnyning “DeBÍ TiRAR MáS FOToS”i yilning eng mashhur albomi bo‘ldi, undan keyin “KPop Demon Hunters” saundtreki va Billie Eilishning “Hit Me Hard and Soft” albomi joylashdi. Qo‘shiqlar orasida eng ko‘p tinglangani Lady Gaga va Bruno Marsning “Die with a Smile” kompozitsiyasi bo‘ldi. Yetakchilar qatoriga Billie Eilishning “Birds of a Feather” hamda Rose va Bruno Marsning “APT.” hit qo‘shig‘i ham kirdi.

Eng mashhur qo‘shiqchilarning to‘liq ro‘yxati

  • Bad Bunny
  • Taylor Swift
  • The Weeknd
  • Drake
  • Billie Eilish
  • Kendrick Lamar
  • Bruno Mars
  • Ariana Grande
  • Arijit Singh
  • Fuerza Regida

Yilning eng ommabop taronalari

  • Lady Gaga va Bruno Mars - Die with a Smile
  • Billie Eilish - Birds of a Feather
  • Rose va Bruno Mars - APT.
  • Alex Warren - Ordinary
  • Bad Bunny — DtMF
  • Sombr - back to friends
  • HUNTR/X, EJAE, AUDREY NUNA, REI AMI, KPop Demon Hunters Cast — Golden
  • Kendrik Lamar, SZA - luther
  • Greysi Abrams - That’s So True
  • Billi Aylish - Wildflower
Теги :
Jamiyat