Top-10: 2024-yilda eng ko‘p daromad topgan sportchilarning nomi ma’lum
Sportico nashri o‘tgan yilning eng serdaromad sportchilari reytingini tuzib chiqdi. Qiziqarlisi, top-100 reytingidan birorta ayol sportchi o‘rin olmagan.
2 daqiqa o‘qiladi

Sportico nashri o‘tgan yilning eng serdaromad sportchilari reytingini tuzib chiqdi. Qiziqarlisi, top-100 reytingidan birorta ayol sportchi o‘rin olmagan.
Top-100 reytingidan birorta ayol sportchi yo‘q
Reytingga muvofiq, Krishtianu Ronaldu 2024-yilning eng ko‘p daromad olgan sportchisi bo‘ldi. “An-Nasr” va Portugaliya milliy jamoasi hujumchisining o‘tgan yildagi daromadi 260 million dollarni tashkil qilgan. Ikkinchi o‘rinni basketbolchi Stefen Karri, uchinchi o‘rinni esa bokschi Tayson Fyuri egalladi. Lionel Messi esa 4-o‘rinni band etgan. Qayd etish joiz, top-100 reytingidan birorta ayol sportchi o‘rin olmagan. 2024-yilning eng ko‘p daromad oluvchi ayol sportchisi amerikalik tennischi Koko Gauff bo‘lib, uning daromadi 30,4 million dollarga baholangan.
Top-10
2024-yilda eng ko‘p daromad olgan sportchilar o‘nligi quyidagi ko‘rinishda:
1. Krishtianu Ronaldu (futbol) — $ 260 mln.
2. Stefen Karri (basketbol) — $ 153,8 mln.
3. Tayson Fyuri (boks) — $ 147 mln.
4. Lionel Messi (futbol) — $ 135 mln.
5. Lebron Jeyms (basketbol) — $ 133,2 mln.
6. Neymar (futbol) — $ 133 mln.
7. Aleksandr Usik (boks) — $ 122 mln.
8. Karim Benzema (futbol) — $ 116 mln.
9. Kilian Mbappe (futbol) — $ 110 mln.
10. Jon Ram (golf) — $ 105,8 mln.



