$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

O'zbekistonliklar soliqlardan qanday qochishmoqda?

Soliq

O‘zbekistonda 2024-yil boshidan soliq huquqbuzarliklari haqida 17 mingdan ortiq murojaat yo‘llangan. Soliq qo‘mitasining sahifalaridan birida ma’lum qilinishicha, 2024-yil yanvar-fevral oylarida “Soliq” mobil ilovasining “Soliq hamkor” tizimi orqali soliq huquqbuzarliklari haqida 17 859 ta murojaat kelib tushgan.

Huquqbuzarlikl turlari

Kelib tushgan 17 859 ta murojaatning asosiy turlari quyidagicha:

16 646 tasi xarid cheki bermaslik;

799 tasi to‘lovni plastik karta orqali qabul qilmaslik;

35 tasi plastik karta uchun xarid summasini oshirish;

399 tasi boshqa turdagi huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha.

Murojaatlarning 7 703 tasi takroriy bo‘lganligi yoki shikoyat kelib tushgan tadbirkorlik subyektida tekshiruv davom etayotganligi sababli qaytarilgan.

Xabarchilar mukofoti

Murojaatlar asosida 4 288 ta sayyor soliq tekshiruvi o‘tkazilib, 99,4 foiz holatda huquqbuzarlik tasdiqlangan. Huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha xabar bergan fuqarolarga yanvar-fevral oylarida 5 177 ta holat bo‘yicha (undirilgan jarima summasidan 20 foiz) 3,5 milliard so‘m mukofot to‘langan.