$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Ularga davlatdan faqat bir narsa — xalaqit bermaslik kerak, xolos — Otabek Bakirov

ўрта синф

O‘zbekistonlik taniqli iqtisodchi blogerlardan biri Otabek Bakirov o‘z sahifasida O‘zbekistonda o‘zi mavjud faoliyatni rasmiylashtirish orqali o‘rtahol sinfi shakllanayotgani va ularga xalaqit berilmasa, keyinchalik o‘rta sinfga aylanishini ta’kidladi.

O‘zini o‘zi band qilish mexanizmi

Iqtisodchi 2024-yil 1-aprel holatiga yengil avtotransportda yo‘lovchi tashish faoliyati bo‘yicha o‘zini o‘zi band qilganlar soni 457 684 nafarga yetganini ta’kidlab, solishtirish uchun, taksichilar o‘zini o‘zi band qilishga ruxsat etilgan 2022 yil 1-dekabrdagi ko‘rsatkich 50 908 nafarni tashkil etganini keltirib o‘tgan. Shuningdek, o‘n yillar davomida taksi sektori norasmiy iqtisodiyotning ajralmas bo‘lagi bo‘lib kelgani, ammo samarasiz va ma’murchiligi qimmat nazorat, faqat yuridik shaxslar orqali taksi xizmati ko‘rsatish, bozorga kirishni imkonsiz qilish talablari teskari natija beravergani ham shu qatorda aytilgan. Shunday qilib, 2022-yil sentyabrga kelibgina hukumat taksistlarni o‘zini o‘zi band qilib ishlashga ruxsat beradi.

O‘rtahol sinfdan o‘rtasinfgacha

"O‘zi umuman o‘zini o‘zi band qilish mexanizmini ishsizlikni kamaytirish emas, norasmiy mehnat bozorini oqartirish va rasmiy o‘sishga qadam qo‘yish vositasi sifatida ko‘raverish kerak", deydi iqtisodchi. Qiziqarlisi, umumiy soni 2,8 mln. dan oshgan sartaroshlar, qassoblar, chevarlar, ko‘rpachilar, gulchilar, novvoylar, duradgorlar o‘zi busiz ham o‘z ishi bilan shug‘ullanib kelishgan, lekin ular hech qachon rasmiylashmagan. Bank moliya xizmatlaridan, buyurtmalar bozoridan uzoqda, uzilishda bo‘lishgan. Ko‘z o‘ngimizda "O‘zbekistonda o‘zi mavjud faoliyatni rasmiylashtirish orqali o‘rtahol sinfi shakllanmoqda (o‘rta sinf bilan adashtirmang). Ularga davlatdan faqat bir narsa — xalaqit bermaslik kerak xolos. Shunda ular katta bo‘lib, o‘sib, kengayib o‘rta sinfga aylanadi", deb yozadi Bakirov.