Javohir Sindarov va Nodirbek Abdusattorov turnirdan qancha ishlab oldi?
Vayssenxaus shahrida sovrin jamg‘armasi 750 000 AQSh dollarini tashkil etuvchi shaxmat bo‘yicha nufuzli turnir o‘z yakuniga yetdi.
2 daqiqa o‘qiladi

Vayssenxaus shahrida sovrin jamg‘armasi 750 000 AQSh dollarini tashkil etuvchi shaxmat bo‘yicha nufuzli turnir o‘z yakuniga yetdi.
Uchinchi o‘rin uchun kechgan qarama-qarshilikda Javohir Sindorov norvegiyalik Magnus Karlsenga imkoniyatni boy berdi.
Shaxmatchilar turnirdan qancha ishlab oldi?
Shu tariqa Javohir Sindorov Freestyle Chess Grand Slam turniridagi ishtirokini 4-o‘rinda yakunladi. U 60 000 AQSh dollari miqdoridagi mukofot pulini ham qo‘lga kiritdi.
Nodirbek Abdusattorov esa ushbu turnirni 6-o‘rinda yakunladi va u 40 000 dollari bilan Vatanga qaytadi.
“Freestyle Chess Grand Slam-2025”
“Freestyle Chess Grand Slam-2025” turniri joriy yildan o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yildi. Uning birinchi musobaqasi Germaniyada muvaffaqiyatli tashkil etildi. Turnirning keyingi bosqichlari joriy yilning 8–15-aprel kunlari Fransiya poytaxti Parijda, 17–24 iyulda AQSHning Nyu-York shahrida, 17–24-sentabrda Hindistonning Dehli shahrida va 5–12-dekabr kunlari Janubiy Afrika Respublikasining Keyptaun shahrida bo‘lib o‘tadi.
Har bir turnirda 1-8 o‘rinni egallagan shaxmatchilar “Freestyle Chess Grand Slam-2025”ning keyingi turnirida qatnashish huquqiga ega chiqadi.
Ikki hamyurtimiz keying bosqichda
Ortda qolgan Germaniya musobaqalaridagi natijalarga ko‘ra, Javohir Sindarov va Nodirbek Abdusattorov Parij bahslari chiptasiga ega chiqdi. Germaniyadagi musobaqalarda 9 va 10-o‘rinlardan joy olgan AQSH sharafini himoya qilgan Levon Aronyan va asli rossiyalik hozirda Sloveniya bayrog‘i ostida qatnashgan Vladimir Fedoseyev keyingi bosqichga chiqa olmadi.



