$
 12957.01
-11.33
 13485.66
-6.6
 132.13
-0.19
weather
+26
Кечаси   +14°

Nodirbek Yakubboyev hindistonlik shaxmatchi qizdan uzr so‘radi

nodirbek

Nodirbek Yakubboyev hindistonlik shaxmatchi qizdan uzr so‘radi. Avvalroq Nodirbek ijtimoiy tarmoq orqali ham uning qo‘lini e’tiqodi sabab siqmagani, bu haqda sportchiga ertaroq ayta olmagani uchun uzr so‘ragan edi. Hindistonlik sportchi ham vaziyatni to‘g‘ri qabul qilgani va o‘sha kuniyoq vaziyatni tushunganini ma’lum qilgan.

E’tiqod bilan bog‘liq masala

O‘zbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Yakubboyev hindistonlik raqibasi bilan qo‘l berib salomlashmagani ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lgan edi. Hodisa Tata Steel Challengers 2025 musobaqasining 4-turida ro‘y bergan. Odatga ko‘ra, shaxmatchilar qo‘l siqib o‘yinni boshlaydi. Ammo o‘zbekistonlik shaxmatchi Vaishaliga qo‘l uzatmadi. Xalqaro sport muxlislari Nodirbekni tarbiyasizlikda ayblashayotgan edi.

Yakubboyevning o‘zi holat bo‘yicha izoh berib, bu uning e’tiqodi bilan bog‘liq ekanligini ta’kidlagan edi:

“Bugun (26-yanvar kuni) men bu haqda Irina Bulmaga aytdim. U bunga rozi bo‘ldi. Ammo o‘yin zaliga kelganimda, hakamlar menga hech bo‘lmaganda ‘Namaste’ qilishim kerakligini aytishdi. Divya va Vaishali bilan o‘yinlarda men ularga bu (e’tiqodim) haqida o‘yindan oldin ayta olmadim va noqulay holat yuzaga keldi.” 

Rasmiy uzr

Shundan so‘ng sportchi Vaishali bilan uchrashib, unga gul va shokolad sovg‘a qildi va shaxsan uzr so‘radi.

Avvalroq esa, Nodirbek ijtimoiy tarmoq orqali ham uning qo‘lini e’tiqodi sabab siqmagani, bu haqda sportchiga ertaroq ayta olmagani uchun uzr so‘ragan edi.

Hindistonlik sportchi ham vaziyatni to‘g‘ri qabul qilgani va o‘sha kuniyoq vaziyatni tushunganini ma’lum qilgan.

Sportchining turnirdagi ko‘rsatkichlari

Ma’lumot uchun, Challenger guruhida qatnashayotgan Nodirbek Yakubboyev (2659) 10-turda oq donalarda niderlandiyalik Benjamin Bok bilan murosaga kelgan. Yakubboyev 3 g‘alaba, 4 durang va 3 mag‘lubiyat bilan 5 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida 9-pog‘onadan joy olgan.