$
 12694.87
-25.13
 13766.32
-61.59
 139.48
-0.56
weather
+26
Кечаси   +14°

Oʻzbekistonliklar yana nimalarga “tayyor emas?”

Kongratbay Qo

So‘nggi vaqtlarda u yoki bu mas’ul, hatto hukumat vakillari tomonidan o‘zbekistonliklarning biror-bir masalaga yondashuvini osongina “tayyor emasmiz” deya xaspo‘shlashi uchrab turibdi. Xususiy universitetlar ochishga, dron uchirishga, madaniy xurujlarga, imtiyoz beruvchi tanlovlarga, hokimlarni saylashga... tayyor emasligimiz haqida eshitib, beixtiyor “o‘zi nimaga tayyormiz?” degan o‘y keladi aqlga. Endi bu ro‘yxatga Qo‘ng‘irotboy Sharipov tomonidan bir “misol” qo‘shildi.

8-may kuni Toshkent shahrida oliy ta’limga qabul va grant ajratishdagi oʻzgarishlar borasida oʻtkazilgan matbuot anjumanda vazirlik rasmiylari oʻqituvchilar ilmiy salohiyati, rektorlar saylash hamda stipendiya miqdori borasida fikr bildirdi. 

 “Bosqichma-bosqich bular yaxshilanadi”

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov

“Ta’lim sifati oʻqituvchilarning ilmiy salohiyatiga chambarchas bogʻliq. Bizda oʻqituvchilar soni yetarli boʻlgani bilan ilmiy salohiyatlilari yetarli emas. Bitta fan nomzodini tayyorlash uchun kamida 3 yil kerak boʻladi, shu
nuqtayi nazardan bilim darajasi foizi kechikyapti. Hozir ayrim oliy oʻquv yurtlarida bu koʻrsatkich 20 %ni tashkil qiladi. Kelajakda esa oʻqituvchilar ilmiy salohiyati 50 %dan kam boʻlmasligi kerak. 
Bosqichma-bosqich bular yaxshilanadi degan umiddamiz,”  — deydi vazir. 

Tizim qachon yaxshilanadi?

Anjumanda muxbirlar tomonidan Oliy ta’lim vazirining rektorlar saylanishi haqidagi shaxsiy fikrini soʻrab, savol yangragan. 

Sharipovning ma’lum qilishicha, “Oʻzbekiston-2030” strategiyasiga rektorlarni saylash masalasi kiritilgan bo‘lib, hozir muhokama jarayonlari ketmoqda va hali yakuniy qaror qabul qilinmagan.

“Butun xalqaro standartlar boʻyicha OTM rektorlari 5 yilga saylanadi, buni esa jamoatchilik kengashi hal qiladi. Bizda, qachonki, jamoatchilik kengashi yaxshi yoʻlga qoʻyilsa, shunda qilsak boʻladi. Bizning oʻzimizga yarasha mentalitetimiz bor. Hozir menimcha biz tayyor emasmiz. Vaqt kerak bunga. Biz oʻzimizni ustimizda ishlab, oldimizga qoʻyilgan vazifalarni sifatli bajarsakkina, tizimimiz yaxshilanadi. Shunga erishgan kunimiz OTMlarda oʻzlarining jamoatchilik, yoki ilmiy kengashlari boʻladi, shular tomonidan rektorlar saylansa toʻgʻri boʻladi,” — deb javob berdi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri.

Oliygoh o‘zini “boqishi” masalalari ham muammoli

Bundan tashqari, matbuot anjumanida O‘zbekistonda minimal isteʼmol xarajatlari miqdori stipendiyalardan ko‘pligi, stipendiyalar kambag‘allik chegarasi summasiga qachon yetkazilishi haqidagi savol kelib tushgan. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Shohruh Daliyevning aytishicha, bu masalani Moliya vazirligi bilan muhokama qilish lozim.

“Talabalar stipendiyalari miqdorini oshirish masalasini o‘ylab ko‘rishimiz kerak. To‘lov-kontrakt miqdori ham pandemiya davridan beri oshirilmadi. Bir talabaga davlat tomonidan sarflanayotgan pul, u to‘layotgan kontrakt miqdoridan ancha ko‘p. Oliygoh o‘zini “boqishi” masalalari ham sal qiyinroq. Stipendiya oshishi yoki oshirilmasligi masalasida to‘liq javobni bizning moliyaviy soha vakillari hamda Moliya vazirligi bilan birga ishlab, keyin javob beramiz”, — dedi vazirlik masʼuli.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda pandemiyadan keyin stipendiyalar miqdori muzlatilgan. OTMlardagi to‘lov-kontrakt miqdorlarining o‘rtacha qiymati oliygohlar xarajatlariga nomutanosibligicha qolmoqda.

“Bir talabani o‘qitish davlatga yiliga o‘rtacha 12–15 million so‘mga tushadi. Kontrakt to‘lovlari miqdori esa o‘rtacha 7 million so‘mdan to‘g‘ri keladi”, — dedi vazir o‘rinbosari.

Eslatib o‘tamiz, endilikda talabalarga