$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Meros sababli o‘g‘il onasiga qasd qildi

Qasd

Surxondaryoda meros talashish oqibatida dahshatli hodisa yuz berdi.

2000-yil sudlanuvchi o‘g‘il

Voqea Surxondaryo viloyati, sudlanuvchining xonadonida sodir bo‘lgan. Ish hujjatlarida aytilishicha, o‘g‘il uxlab yotgan onasiga o‘tkir tig‘li qurol bilan jarohat yetkazadi va uning o‘limiga sababchi bo‘ladi. Qanday qilib o‘g‘il o‘z onasiga buni ravo ko‘rganligi esa aqlga sig‘maydi. Uning ruhiyatida ham muammolar bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Bu sud tergovi chog‘ida aniq bo‘ladi.

Qotillikka sabab esa meros

Ma’lum bo‘lishicha ayol qizining turmush o‘rtog‘iga merosning 40% ni bermoqchi bo‘ladi, ushbu qarorni eshitgan o‘g‘il esa bunga qarshilik qiladi. Onasi rozi bo‘lmaganidan g‘azablangan yigit shu jirkanch ishga qo‘l urgan.

Sud hukmi 18 yil

Mazkur jinoyat ishi, Qumqo‘rg‘on tuman sudi tomonidan ochiq shaklda ko‘rib chiqilib, sudlanuvchi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi, V va E bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga nisbatan 18 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.