$
 12010.43
14.29
 14088.23
37.15
 151.25
2.71
weather
+26
Кечаси   +14°

Yilning eng yaxshi universitetlari va olimlari nomlari e’lon qilindi

Science and innovation

20-dekabr kuni Toshkent shahridagi “Turkiston” san’at saroyida “Science and Innovation Awards 2025” taqdirlash marosimi tashkil etildi. Tadbirda ilm-fan va innovatsiyalar rivojiga hissa qo‘shgan olimlar hamda tashkilotlar taqdirlandi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, tanlovda ishtirok etish uchun O‘zbekiston bo‘ylab 3000 dan ortiq ariza topshirilgan. Nomzodlar ikki bosqichda saralab olindi. Komissiya a’zolari nomzodlarning ilmiy salohiyati, kasbiy faoliyati, amaliy natijalari va innovatsion yondashuvlarini baholadi.

2025-yilning eng munosiblari

Marosim davomida “Yil olimi”, eng yaxshi oliy ta’lim muassasasi, ilmiy tadqiqot instituti, innovatsion universitet va ilm-fan homiysi kabi nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar e’lon qilindi.

Marosimda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi:

  • Yil olimi — Ashurov Ravshan Rajabovich, A’zamxo‘jayeva Saida Sobitxonovna, Po‘latova Jamila Shog‘ayratovna
  • Yilning eng yaxshi oliy ta’lim muassasasi — Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti
  • Yilning eng yaxshi nodavlat oliy ta’lim muassasasi — Central Asian University
  • Yilning eng yaxshi ilmiy-tadqiqot instituti — Avtomobil yo‘llari ilmiy tadqiqot instituti
  • Yilning eng innovatsion universiteti — Samarqand xalqaro texnologiya universiteti
  • Yilning eng yaxshi ilmiy nashri — Nilufar Abdurahmonova, “Kompyuter leksikografiyasi”
  • Ilm-fan sohasidagi xizmatlari uchun — akademik Jo‘rayev Risbay Haydarovich
  • Yilning eng yaxshi tadqiqot markazi — Raqobat siyosati va iste’molchilar huquqlari tadqiqotlari markazi
  • Ilm-fan homiysi — “APEX Insurance” kompaniyasi.

Axborot hamkorligi asosida