$
 12805.09
-10.04
 13889.68
-8.33
 133.10
-0.1
weather
+26
Кечаси   +14°

Gʻarb mamlakatlaridan qancha turist tashrif buyurmoqda?

sayyoh

Yilning birinchi yarmidan Italiya va AQShdan O‘zbekistonga qancha turist kelgani ma’lum bo‘ldi.

Italiyadan tashriflar

2024-yilning yanvar-may oylarida yurtimizga Italiyadan 15 319 nafar turist tashrif buyurgan. Bu haqida Statistika agentligi ma’lumot berib o‘tdi. (https://t.me/statistika_rasmiy/4816) Ularning asosiy qismi – 13 808 nafarining maqsadi dam olish bo‘lgan. Undan tashqari, 798 nafari xizmat yuzasidan, 647 tasi qarindoshlarni yo‘qlash va qolgan 57 tasi o‘qish maqsadida tashrif buyurgan.

AQShdan tashriflar

Ushbu davr mobaynida Amerika Qo‘shma Shtatlaridan 10,6 ming nafar turist yurtimizga kelishgan. Bu haqida ham Statistika agentligi xabar berdi. ushbu tashriflarning katta qismini dam olishga kelganlar tashkil etadi – 8 446 nafar. Va yana, 1 089 nafar xizmat yuzasidan, 832 tasi qarindoshlarni yo‘qlash, 167 nafari tijorat hamda 136 tasi boshqa maqsadlarda kelgan.

5 oyda deyarli 3 million turist

Ushbu besh oyda O‘zbekistonga jami 2,8 million turist tashrif buyurgan bo‘lib, bu o‘tgan yilgidan 248 mingga ko‘proq. Ushbu tashriflar eng ko‘p Tojikiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya va Turkmanistondan bo‘lgan.

Теги :
Жамият