$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Endi muzey-qo‘riqxonalarga virtual sayohat qilish mumkin

sayohat

Bugun odamlar boshqa shahar yoki davlatga borish uyoqda tursin xiyobon yoni muzeylarga borishga yo vaqt, yo mablag‘ topa olmaydi. Ammo zamonamizda bir necha ming chaqirim uzoqlikdagi madaniy obyektlar va noyob muzey eksponatlarini uydan chiqmay tomosha qilish imkoniyati mavjud.

Virtual platforma

Madaniy meros agentligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, respublika hududida joylashgan muzey-qo‘riqxonalarning virtual platformasi yaratildi. Madaniy meros agentligi tomonidan ishlab chiqilgan sayt muzey eksponatlari bilan onlayn shaklda tanishish imkonini beradi.

20 dan ortiq manzillar

Qayd etilishicha, platformada 20 dan ortiq muzey-qo‘riqxona haqida ma’lumotlar mavjud. Kelgusida virtual muzeylar sonini ko‘paytirish rejalashtirilgan. Ma’lumot uchun, davlat rahbarining 2023-yil 1- iyundagi “Ma’muriy islohotlar doirasida madaniy meros sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida muzeylar faoliyatini yanada rivojlantirish hamda moddiy madaniy meros ko‘chmas mulk obyektlariga virtual sayr (360 darajadagi media materiallar)ni tashkil etish belgilangan.