$
 12786.98
12.0
 13753.68
-160.83
 130.27
0.13
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekiston kompaniyalari AQShning Rossiyaga qarshi sanksiyalari ro‘yxatiga kiritildi

Oq uy

AQSh moliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, sanksiyalar ro‘yxatiga 30 dan ortiq shaxs va 360 dan ortiq kompaniya nomlari kiritilgan. Sanksiya ro‘yxatiga O‘zbekistonning ikki kompaniyasi ham kiritildi: Uzstanex va The Elite Investment Group. Ikkala firma ham AQShning savdo taqiqlarini buzgan holda Rossiyaga dastgohlar va elektr transformatorlari kabi sanksiyalangan mahsulotlarni yetkazib berishda ayblanmoqda. 

Uzstanex 

2018-yilda tashkil etilgan Uzstanex kompaniyasi sanoat stanoklari savdosi bilan shug‘ullanadi. Kompaniya Toshkent shahrining Yashnobod tumanida ro‘yxatga olingan bo‘lib, ustav fondi 65 million so‘mni tashkil etadi. Uzstanex kompaniyasining yagona egasi va asoschisi Vasiliy Abramov hisoblanadi. Amerika rasmiylari kompaniyani rossiyalik mijozlarga dastgohlar yetkazib berishda gumon qilmoqda, bu esa Rossiya Federatsiyasining harbiy ehtiyojlari bilan bog‘liq strategik muhim sohalarda qo‘llaniladigan uskunalarni eksport qilish bo‘yicha cheklovlarni buzadi.

Elite Investment Group

Elite Investment Group 2024-yilning yanvar oyida tashkil etilgan. Kompaniya Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, ustav kapitali 3 million so‘mni tashkil etadi. Ta’sischisi va direktori Nodira Kazakboeva. AQSh Davlat departamenti ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning mart oyidan shu yilning may oyiga qadar Elite Investment Group Rossiya kompaniyalariga taxminan 190 ming dollarlik mahsulot, jumladan, elektr transformatorlarini yetkazib bergan. Turkiyaning Guclu Global kompaniyasi ham ushbu yetkazib berishda agent-tashuvchi sifatida ishtirok etgan. 

SDN ro‘yxatiga kiritilganlar

SDN ro‘yxatiga bir qator jismoniy va yuridik shaxslar, shu jumladan Rossiya mudofaa vazirining besh o‘rinbosari kiradi. Cheklovlar orasida “Rosatom Digital Solutions” va “Rosatom Microelectronics”, shinalar ishlab chiqaruvchi “Cordiant”, “Chip and Dip” kompaniyasi, “Transmashholding” bosh direktori Kirill Lipa va Moskva aviatsiya instituti ham bor. Bundan tashqari, sanksiyalar Xitoy, Shveysariya, Turkiya, BAA, Hindiston va boshqa mamlakatlarning chet el fuqarolari va yuridik shaxslariga ham ta’sir ko‘rsatgan.

AQShning pozitsiyasi

AQSh moliya vazirligi xodimi Uolli Adeyemo Qo‘shma Shtatlar va uning ittifoqchilari Rossiya tomonidan harbiy maqsadlarda, xususan, Ukrainadagi maxsus operatsiya doirasida foydalanishi mumkin bo‘lgan asosiy texnologiya va uskunalar yetkazib berilishi ustidan nazoratni kuchaytirish niyatida ekanini ta’kidladi. “Qo‘shma Shtatlar va uning ittifoqchilari Rossiyaga kerak bo‘lgan muhim vositalar va texnologiyalar oqimini to‘xtatish uchun butun dunyo bo‘ylab qat’iy choralar ko‘rishda davom etmoqda“, dedi Adeyemo.

Теги :
Iqtisodiyot