$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Umumiy ovqatlanish obyektlari uchun sanitariya-gigiyena talablarida nimalar oʻzgarmoqda?

umumiy ovqatlanish

Sanitariya-epidemiologiya xizmati tomonidan ishlab chiqilgan yangi tahrirdagi “Umumiy ovqatlanish korxonalariga qoʻyiladigan sanitariya-gigiyena talablari” Adliya vazirligi tomonidan hisobga olindi.

Mazkur hujjat mulkchilik shaklidan qat’iy nazar qurilayotgan, qayta qurilayotgan va faoliyat yuritayotgan barcha oziq-ovqat savdosi bilan shug‘ullanuvchi savdo korxonalarining joylashuvi, jihozlanishi va ularning sanitariya-gigiyenik holati, shuningdek xodimlarning shaxsiy gigiyenasiga oid talablarni belgilaydi.

Ovqat tayyorlashda o‘tin va ko‘mirdan foydalanishga ruxsat berildi

Yangi talablar bilan tadbirkorlik subyektlarining faoliyatiga toʻsqinlik qiluvchi ayrim talablar ya'ni, umumiy ovqatlanish korxonalarida suv taʼminoti boʻlmaganda korxona faoliyatini toʻxtatishi kerakligi, ovqat tayyorlashda koʻmir va oʻtin kabi yoqilgʻilardan foydalanish taqiqlanishi kabilar bekor qilindi.

Qanday sanitariya-gigiyena talablari belgilandi?

- umumiy ovqatlanish korxonalarida ichimlik suvi bilan taʼminlash markazlashtirilgan suv taʼminoti tizimiga ulanish yoʻli bilan amalga oshirilishi;

- markazlashtirilgan suv taʼminoti tizimi mavjud boʻlmagan taqdirda, ichki suv taʼminoti tizimi artezian qudugʻidan, boshqa quduqlardan yoki kaptajlardan foydalangan holda tashkil etilishi mumkinligi;

- chiqindi yigʻish maydonchasini belgilangan masofada joylashtirish imkoni boʻlmaganda, chiqindilar korxonalarning sovitish tizimi, yuvish va dezinfeksiyalash imkoni boʻlgan alohida xonasida saqlanishiga yoʻl qoʻyilishi kabi.

Umumiy ovqatlanish korxonalarida taqiqlar ham qo‘yildi

– texnologik jarayon talablariga rioya qilishni taʼminlash imkoniyati mavjud boʻlmaganda mahsulot tayyorlash;

– yaroqlilik muddati oʻtgan, sifatsiz yoki sifati boʻyicha shubhali, buzilish belgilari boʻlgan mahsulotlardan foydalanish;

 – germetik idishlarda sabzavotli, goʻshtli, baliqli, qoʻziqorinli konservalar tayyorlash;

– quritilgan va dudlangan baliq tayyorlash va quritilgan qoʻziqorinlar tayyorlash.

Ishlab chiqarish jarayonida xodimlarning bajarishi shart bo'lgan qoidalar 

Jarayonda bevosita ishtirok etuvchi xodimlar ish boshlashdan oldin quyidagilarni amalga oshirishlari shart: 

- zargarlik buyumlari, soatlar yechilishi;

- sochlarni roʻmol yoki qalpoq ostiga yigʻilishi;

- toza sanitariya kiyimlari kiyilishi;

- qoʻllar iliq suvda sovun bilan yuvilishi va dezinfeksiyalovchi vositalar bilan ishlov berilishi, tirnoqlar olingan va lak surilmagan boʻlishi kerak