$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Yosharishni istaysizmi? Koʻproq baliq isteʼmol qiling

baliqli

Baliq isteʼmol qilishning minimal meʼyor miqdori bir yilda bir kishi uchun 12 kilogrammni tashkil qiladi. Respublikada 32 milliondan ziyod aholining baliq isteʼmol qilish meʼyori 384 ming tonnani tashkil etadi.

Baliq goʻshti tarkibida juda koʻp vitamin va mikroelementlar saqlanadi. Shu sababli biologik qiymati mol va qoʻy goʻshtidan yuqori turadi. Baliq goʻshtining kuniga 100 grammdan isteʼmol qilsangiz inson salomatligi uchun kerak boʻladigan bir kunlik yod qabul qilgan boʻlasiz. Qadim zamonlardanki, baliq inson organizmini tozalovchi, suyak va tishlarni mustahkamlovchi shifobaxsh taom sifatida isteʼmol qilinadi.

Qancha koʻp yesangiz ham semirmaysiz

Oʻzida oqsil, vitamin, minerallar, ayniqsa, temir, yod, magniy, fosfor, ruhni saqlagan bu jonzot goʻshtini koʻp yeng, sababi baliq odamni semirtirmay, organizmga kerakli quvvatni bera oladi. Baliqda koʻplab foydali moddalar, shuningdek organizm uchun zarur boʻlgan Omega - 3 yogʻ kislotalari mavjud.

Shuningdek, baliqni isteʼmol qilish bir qancha kasalliklarga koni foyda hisoblanadi: yurak kasalliklari xavfini kamaytiradi, koʻrish qobiliyatini yaxshilaydi, uyquni yaxshilaydi, revmatoid artritni yengillashtiradi, xolesterin darajasini kamaytiradi, modda almashinuvini tezlashtiradi, qon bosimini pasaytiradi, nevrologik kasalliklarda,  jigar uchun foydali hisoblanadi.

Baliqning bolalarga taʼsiri

Baliqni bolalarga haftada 2 marta tayyorlab berilsa, raxit, kariyes, soch toʻkilishi, buqoq kabi kasalliklarga chalinmaydilar.

Toʻgʻri tanlov qilish lozim

Baliqni olayotganda toʻgʻri tanlay bilish lozim. Bunda yangi tutilgan, sarxil baliqning et qismi oq yoki nimpushti, turiga qarab qizil rangda boʻladi. Baliq tanlaganda barmoq bilan tanasiga bosib koʻrilsa, ezganda xuddi rezinka singari oʻz holiga darrov qaytsa, u yangi baliqdir. Baliqni saqlashga ham ahamiyat bering. Sovutgichda xom baliq 3 kun, muzxonada bir necha oygacha bemalol saqlanishi mumkin.

Baliq moyi har dardga davo

Baliqning goʻshtidan tashqari uning moyi ham organizm juda foydali hisoblanadi.

Baliq moyidagi D vitamini organizmga kalsiy va fosforning oʻzlashishini faollashtiradi. D vitaminisiz kalsiyga boy mahsulotlar ham foydasiz boʻladi. Ayniqsa, qish mavsumida. Chunki D vitamini quyosh nuri taʼsirida organizmga sintezlashadi. Bundan tashqari, D vitamini asab sistemasini tinchlantiradi va tutqanoq tutib qolishidan asraydi.

 

Baliq moyidagi retinol yiringni tez yoʻqotadi

Retinol — A vitamini koʻz, shilimshiq bezlar, shilliq pardalar, teri qoplami, soch ildizi, tirnoq qatlami va jarohatli organlar uchun tengsiz shifobaxsh elementdir. Maʼlumki, yuqorida keltirilgan organizmlarda A vitamini yetishmasligi oqibatida quruqlashish, yorilish, yalligʻlanish va poʻst tashlash holatlari kuzatiladi. Bu holatdan qutulish uchun esa sizga baliq moyi yordam beradi. Hattoki gazaklagan, yiringlagan jarohatni davolash uchun ham bu moydan foydalanish mumkin. U yiringni tozalab, jarohatning tez bitishiga yordam beradi.

Soch va tirnoqlarni ham davolaydi

Soch va tirnoqlarni oʻz holiga qaytarish uchun ham baliq moyidan foydalanish mumkin. Buning uchun undan har kuni 1 mahal, uxlashdan oldin soch va tirnoqlarga niqob qilish kerak.

Allergiyadan xalos qiladi

A provitaminining yordami bilan tanadagi allergiyani ham daf qilish mumkin. Buning uchun allergiya toshmalariga baliq moyi surtsangiz, undan xalos boʻlasiz.

Baliq moyi bilan ozib va yosharib yuring

Yaqinda olimlar baliq moyining ortiqcha vazndan xalos etish qudratiga egaligini aniqlashdi. Bu esa uning bahosini yanada koʻtardi. Buning uchun 2-3 oy davomida har kecha uxlashdan oldin baliq moyidan 1 choy qoshiqcha yoki dorixonalardagi kapsulalardan 1 donadan ichib yotish lozim.

Baliq moyi yoshartiruvchi va surunkali kasalliklarni daf qiluvchi modda sifatida qadrlanadi.

Kimlarga tavsiya etilmaydi?

Allergik xastaliklar, qonda kalsiy darajasi yuqori boʻlgan odamlarga, buyragi tez-tez ogʻriydigan bemorlarga, oʻpka sili borlarda baliq tavsiya qilinmaydi.

Baliqning eng foydali turi qaysi?

Bizda asosan daryo baligʻi isteʼmolda boʻlgani uchun - zogʻorabaliq (sazan), ilonbaliq, laqqabaliq, olabugʻa, choʻrtanbaliq, bakra, paltus, tovonbaliq goʻshtini yeyish tavsiya etiladi. Ayniqsa, yurak-qon tomir kasalliklari, insultdan keyingi davr, qonda xolesterin darajasi koʻtarilganda, kamqonlik, suyak sinishlari, behollik va jismoniy zoʻriqishda, nevroz, jinsiy zaiflikda, buqoq, teri kasalliklari (ayniqsa teri quruqlashib, poʻst tashlaganda), podagra va revmatizmda, koʻrish qobiliyati pasayganda isteʼmol qilish foydalidir. Dengiz baligʻini esa konserva yoki marinadlangan, tuzlangan yoki dudlangan koʻrinishdagi isteʼmoli organizmga foyda bermaydi.