$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Rossiyaning Markaziy Osiyoga “do‘stona” nodo‘st diplomatiyasi

Миронов

Rossiya endilikda Markaziy Osiyodavlatlari bilan viza rejimida ishlashni joriy qilmoqchi. Mutasaddining fikricha, bu terrorizmga qarshi kurashish uchun samarali yoʻllardan biri boʻlishi mumkin.

Sergey Mironov munosabati

“Adolatli Rossiya – Haqiqat uchun” partiyasi raisi, Davlat Dumasidagi partiya fraksiyasi rahbari Sergey Mironov Markaziy Osiyo davlatlari bilan viza rejimining joriy etilishi nafaqat milliy xavfsizlikni mustahkamlashga, balki Rossiya Federatsiyasi va janubiy qoʻshnilar oʻrtasidagi chinakam oʻzaro manfaatli hamkorlikka xizmat qilishini taʼkidlagan.

“Adolatli Rossiya – Haqiqat uchun” fraksiyasi migratsiya jarayonlari ustidan nazoratni kuchaytirish boʻyicha bir qator chora-tadbirlarni taklif qilmoqda, ammo biz Markaziy Osiyo davlatlari bilan viza rejimini joriy etishdan boshlashimiz kerak. Busiz chegarada tartib boʻlmaydi. Bu hozir migratsiyani tartibga solish va terrorchilik xurujlariga qarshi kurashda muhim ahamiyatga ega!” – degan parlament aʼzosi.

“Buni qo‘shnilar nodo‘stona deb tushunmasligiga ishonamiz”

Mironovning fikricha, vizasiz sayohatning bekor qilinishi hech qanday holatda qoʻshnilarga nisbatan nodoʻstona ishora sifatida qaralmasligi va ularning toʻgʻri tushunishiga ishonish kerak.

“Hamma Rossiyani keskin harbiy qarama-qarshilikka tortayotganini koʻrib turibdi. Dushmanlarimiz chegaralarning ochiqligidan foydalanib, qoʻshni davlatlardan mamlakatimizga qarshi qoʻporuvchilik harakatlarini tayyorlash uchun tramplin sifatida foydalanmoqda. Albatta, bu hududida terrorchilar va turli xil ekstremistik elementlar toʻplangan qoʻshnilarimizga ham tahdid soladi. Shu bois vizasiz rejimning bekor qilinishi butun Yevroosiyo makonida xavfsizlik va hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan qadamdir”, — degan Mironov.

Kusherbayev munosabati

Sobiq deputat Rasul Kusherbayev ushbu vaziyatga o‘z munosabatini berib o‘tdi. Uning ta’kidlashicha, bu Rossiyaning milliy xavfsizligini ta’minlash uchun bo‘lsa, janubiy qo‘shnilarga “chinakam manfaatli” — agressiv qo‘shnidan o‘ziga xos himoya bo‘ladi.

“Agar bu amalga oshsa, Markaziy Osiyo mamlakatlari ham Rossiya fuqarolariga nisbatan yakdil holda viza rejimini joriy etishlari zarur bo‘ladi albatta. Shunda bu Mironov aytganidek, shimoliy qo‘shni bilan “chinakam manfaatli hamkorlikka” yo‘l ochadi”, – deydi Kusherbayev o‘z blogida.