$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Rossiya Google, Android va IOS dasturlarini bloklashi mumkin

Phone

Rossiya Federatsiyasi hududida Google, Android va IOS dasturlari bloklanishi mumkinligi ma'lum qilindi.Bu haqda Rossiya Davlat dumasi deputati Aleksey Didenko bergan ma’lumotga asoslanib, “Lenta.ru” nashri xabar berdi.

Ma’lumotlar oqimini nazorat qilish 

Manbada aytilishicha, yuqorida nomi keltirilgan platformalar ma’lumotlarni qayta ishlash va to‘plash funksiyalariga ega ekani bois rasmiylar ularga taqiq qo‘yishga chaqirgan. Deputatlarning bir guruhi Google, Android va IOS’ga muqobil platformalardan foydalanishni tavsiya qilgan. Deputat Didenko platformalarni bloklash tashabbusi duma vakillari talabi bilan emas, balki vaziyat taqozosi bilan amalga oshirilishini bildirgan. Hukumat ma’lumotlar oqimini nazorat qilish hamda shaxsiy ma’lumotlarni muhofaza qilish uchun shunday yo‘l tutishga majbur bo‘lgan.

Deputat munosabati

“Bu bizning tashabbusimiz bilan sodir bo‘lmayapti. Davlat xizmatchilari va mansabdor shaxslarga ushbu platformalardan, ayniqsa, maxfiy ma’lumotlarga kirish huquqiga ega bo‘lgan dasturlardan foydalanish amalda uzoq vaqtdan beri taqiqlangan. Shu boisdan ham endi foydalanuvchilar boshqa muqobil platformalardan foydalanishiga to‘g‘ri keladi”, degan Aleksey Didenko. Deputat xalqaro platforma va dasturlarning Rossiyada bloklanishi mamlakat aholisi uchun fojia emasligini aytgan. Bunga misol sifatida 2022-yilda Rossiya hududida Netflix faoliyati to‘xtagani, biroq uning analoglari faollashgani keltirilgan. Aleksey Didenko Google, Android hamda IOS aynan qanday ma’lumotlarga tahdid solayotganini aniq aytmagan. Ushbu kompaniyalarga qachon va qancha muddatga cheklov kiritilishi ham ochiqlanmagan.