$
 12142.10
-52.11
 14079.98
95.66
 150.53
0.56
weather
+26
Кечаси   +14°

Karimov qarshi bo‘lgan Rog‘un GESi loyihasida muammolar paydo bo‘la boshladi

Rog

Tojikistonda Rog‘un gidro elektr stansiyasini qurish loyihasini moliyalashtirishga tayyorgarlik ko‘rishda Jahon bankining ekologik va ijtimoiy standartlariga rioya etilmagani aniqlandi

Buzilgan standartlar

Ekologlar bankning oltita muhim standartlari buzilganini aniqladi: ekologik baholashning umumiy qoidalari, biologik xilma-xillikni saqlash, resurslardan samarali foydalanish, to‘g‘onlar xavfsizligi, jamoatchilik ishtiroki va majburiy ko‘chirish. Shuningdek, investitsion loyihalarni moliyalashtirishda bankning ekologik va ijtimoiy siyosatiga rioya qilinmagan. Vaziyatni og‘irlashtirayotgan omil shuki, Jahon banki Rog‘un GES loyihasi uchun barcha moliyalashtiruvchi tashkilotlar (Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki, Osiyo taraqqiyot banki, Yevropa investitsiya banki va boshqalar) nomidan ekologik va ijtimoiy kafolatlarni ishlab chiqish mas’uliyatini o‘z zimmasiga olgan.

Rog‘un GES loyihasining taqdim etilgan varianti Jahon bankining ijtimoiy-ekologik tamoyillariga mos kelmaydi

Bunday yondashuvga rozi bo‘lgan boshqa moliyaviy tashkilotlar shu orqali Jahon banki standartlarini o‘zlarining standartlariga teng deb tan olgan. Agar bu standartlar buzilsa, loyihada ishtirok etayotgan o‘nlab boshqa moliyaviy tashkilotlarning standartlari ham buzilgan hisoblanadi. Ishonchimiz komilki, Rog‘un GES loyihasining taqdim etilgan varianti Jahon bankining ijtimoiy-ekologik tamoyillariga mos kelmaydi va xalqaro taraqqiyot banklari tomonidan joriy ko‘rinishda moliyalashtirilmasligi kerak. Bank standartlari va protseduralariga rioya qilinmagani tufayli loyiha ko‘plab samarasiz va xavfli elementlarni o‘z ichiga oladi, bu esa uni amalga oshirish jarayonida jiddiy ekologik va ijtimoiy zarar yetkazishi mumkin, deydi “Chegara bilmas daryolar” koalitsiyasi koordinatori Yevgeniy Simonov.

Tojikiston uchun o‘ta muhim obyekt

Rasmiylarga ko‘ra, Rog‘un GESi Tojikiston uchun o‘ta muhim obyekt hisoblanadi va mazkur gidroinshoot to‘la ishga tushganidan keyin xukumatning uchta strategik maqsadlaridan biri bo‘lmish uzoq kutilgan energetika mustaqilligiga erishiladi. Rog‘un Tojikistondagi eng qimmat loyihalardan biri hisoblanadi. Har yili Rog‘un GESi aksiyalari aholiga sotilishi va 500 million dollarlik yevrobondlarning xorijiy tashkilotlarga sotilishi hisobidan millionlab somoni sarflanadi. Shuningdek, mamlakat byudjetidan ham moliyaviy mablag‘lar beriladi. Moliya vazirligining ma’lumotiga ko‘ra, birgina 2019-yilda davlat byudjetidan bu maqsadlar uchun 2 mlrd 100 mln. somoni yoki salkam 222 mln. dollar ajratilgan.

Birinchi ma’muriyat xavotiri

Rog‘un GES loyihasi sovetlar davridayoq ishlab chiqilgan va qurilish boshlangan edi, ammo fuqarolar urushi va daryoning quyi oqimidagi davlatlarning qarshiligi bilan Tojikiston xukumati GES qurilishini 2016-yilga kelibgina qayta tiklashga muvaffaq bo‘ladi. Tojikistonning Rog‘un GESi qurilishiga O‘zbekistonning avvalgi rahbariyati, O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov ham qarshi chiqqan edi: o‘shanda Toshkent zilzila yuz berigidek bo‘lsa, GES to‘g‘oni buzilish xavfi mavjudligidan tashvish bildirgan. Biroq Dushanbe mamlakatida Rog‘un singari GESlar mavjudligini, ular bir necha o‘n yildan beri seysmik barqaror ekanligini namoyon etib kelayotganini aytib kelgan.

Dunyodagi eng baland tosh to‘g‘on

Rog‘un GESida 6 ta agregat bo‘ladi va ular ekspluatatsiyaga tushirilganidan keyin bir yilda 17 mlrd. kVt elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Rasmiylarning fikricha, bu nafaqat Tojikistonni arzon elektroenergiya bilan ta’minlaydi, balki qo‘shni Afg‘oniston va Pokistonga elektroenergiya eksport qilish imkonini beradi. Vaxsh daryosidagi 335 metr balandlikda qurilayotgan Rog‘un GES dunyodagi eng baland tosh to‘g‘on hisoblanadi. 

Теги :
Jamiyat
Iqtisodiyot