$
 12938.01
22.94
 14673.00
13.1
 158.73
2.3
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

Reydlar mavsumi qaytmoqda. Mo‘ljal — ekstremizm va terrorizm

i 4 8 Foto: IIV

Toshkent shahar IIBB tomonida poytaxt bo‘ylab tezkor tadbirlar amalga oshirilmoqda. “Ko‘cha”larni “tozalash” ishlaridan keyingi nishon — ektremistik va terroristik guruhlar a’zolari.

45 ta tintuv

Xususan, turli ektremizm va terrorizmga oid guruhlarga qo‘shilgan 45 dan ziyod fuqarolarning xonadonlarida tintuv tergov ishlari olib borilgan. Reydlar davomida gumondorlar ham qo‘lga olingani ma’lum qilingan IIV saytida.

3 oyda 50 jinoyat ishi

Xabarga ko‘ra, joriy yilning birinchi choragida diniy ekstremizm va terrorizm bilan bogʻliq holatlar yuzasidan 50 ta jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Shu bilan birga, 188 ta huquqbuzarlik holati yuzasidan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, jami 264 nafar shaxslarga nisbatan nisbatan qonuniy choralar koʻrilgan.

Ogohlik eng muhimi!

Shuningdek, vazirlik axborot xizmati xabarida fuqarolarni ogohlikka da’vat etilib, yurt tinchligi uchun barcha birdek mas’ul ekani ta’kidlangan.

“Hurmatli fuqarolar, ijtimoiy tarmoqlar orqali turli radikal guruhlarga aʼzo boʻlishdan saqlaning va ularning yot gʻoyalarini targʻib qilmang. Farzandlaringiz ijtimoiy tarmoqlarda qaysi guruhlarga aʼzo boʻlayotganligini, qanday mazmundagi video va boshqa materiallarni koʻrayotganligini doimo nazorat qilib boring.

Agar mahallangizda shu kabi yot gʻoyalar taʼsiriga tushgan yoki boshqa shubhali shaxslar haqida biror maʼlumotga ega boʻlsangiz darhol 102 raqamiga yoki hududiy profilaktika inspektori yoxud yaqin oradagi IIB ga murojaat qilishingizni soʻraymiz.” deyiladi xabarda.