$
 12208.08
32.74
 14116.20
52.46
 155.00
0.71
weather
+26
Кечаси   +14°

DXX tomonidan oʻtkazilgan ikki kunlik reydda 339 nafar shaxsga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

reyd

Davlat xavfsizlik xizmati hamda Ichki ishlar vazirligi tuzilmalari tomonidan joriy yilning 5-7—fevral kunlari O‘zbekiston bo‘ylab o‘tkazilgan “Oriat” va “Qoradori” keng ko‘lamli tadbirlarida 339 nafar shaxsga nisbatan 269 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, 119 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi hamda 53 nafar qidiruvdagi shaxs ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati matbuot xizmati xabar berdi.

640 ta tezkor tadbir oʻtkazildi

“Qoradori” keng ko‘lamli tadbirlarining ikkinchi bosqichida jami 640 ta maxsus tezkor tadbirlar doirasida 1 401 nafar giyohvandlik vositalarini tarqatish, saqlash, iste’mol qilishda gumon qilingan shaxslar bilan tezkor va profilaktik ogohlantiruv tadbirlari amalga oshirildi. 

O‘tkazilgan tadbirlar davomida jami 28 kilogramm 857 gramm giyohvandlik vositalari (geroin, opiy, gashish, sintetik turdagi giyohvandlik vositalari) hamda 9 421 dona kuchli ta’sir qiluvchi va psixotrop dori vositalarining aholi orasida tarqatilishi to‘xtatib qolindi. 18 ta noqonuniy o‘qotar qurol va 126 dona sovuq qurol aniqlandi.

339 nafar shaxsga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Shuningdek, 339 nafar shaxsga nisbatan 269 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi hamda 119 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi. 53 nafar qidiruvdagi shaxs ushlandi. 656 nafar shaxs bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazilib, 234 nafari rasmiy ogohlantirildi.

Теги :
Jamiyat