$
 12998.91
13.9
 13439.57
154.61
 131.29
1.45
weather
+26
Кечаси   +14°

2 kunlik reyd natijasida “ichki bozor”dagi 122 kilogramm giyohvandlik vositalari ushlandi

Narkotika

3–4-fevral kunlari “Qoradori” keng koʻlamli tadbirlarining dastlabki bosqichida 122 kilogramm giyohvandlik vositalarining aholi orasida tarqatilishi toʻxtatib qolindi. Bu haqda DXX axborot xizmati xabar berdi.

653 ta maxsus tadbir

Ta’kidlanishicha, giyohvandlik va kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy muomalasiga chek qoʻyish maqsadida jami 653 ta maxsus tadbir oʻtkazildi.

$287 ming va 569 million soʻm miqdoridagi pullar

Shuningdek, 8,6 ming dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining aholi orasida tarqatilishi toʻxtatib qolindi. Giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasidan olingan $287 ming va 569 million soʻm miqdoridagi pullar daliliy ashyo sifatida rasmiylashtirildi.

222 ta jinoyat ishlari

Qoʻzgʻatilgan 222 ta jinoyat ishlari doirasida 228 nafar shaxslar jinoiy javobgarlikka tortildi. 64 nafar shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortildi. 47 nafar qidiruvdagi shaxslar ushlandi.

Shuningdek, keng ko‘lamli tadbirlari doirasida 175 ta “tig‘”, 58 ta “bita”, 24 ta “kastet” va 77 ta qurol olindi.

Теги :
Jamiyat