$
 12979.13
-10.87
 13513.87
-56.78
 131.22
-0.64
weather
+26
Кечаси   +14°

Abduqodir Husanov qanday rekordlarni yangiladi?

Husanov

O‘zbekistonlik himoyachi “Manchester Siti”ga 40 million yevro evaziga transfer qilinish arafasida.

APLdagi osiyoliklar rekordi

Agarda ushbu transfer rostdan ham 40 million yevroga amalga oshsa, Abduqodir Husanov osiyoliklar ichida APLga transfer qilingan eng qimmat futbolchiga aylanadi. Bundan avvalgi rekord Son Xyon Minga tegishli bo‘lgan. Koreyalik futbolchini “Tottenxem” 2015-yilda 30 million yevroga sotib olgan.

Fransiya klubi rekordi

Abduqodir Husanov 40 mln. yevro va bonuslar hisobiga ko‘ra, “Lans” tarixidagi eng qimmat sotilgan o‘yinchiga aylanadi. Bungacha “Lans” tarixida eng qimmat transfer belgiyalik Lois Opendaning 2023-yilda bonuslar bilan hisoblaganda jami 40 mln. yevro evaziga “Leypsig”ga ko‘chib o‘tgani sanalardi. Uchlikdan Vahining “Marsel”ga o‘tgani va Seko Fofananing “An-Nasr”ga o‘tgan ham joy olgan. Har ikki o‘yinchi uchun ham lansliklar 25 mln. yevrodan olgan.

Теги :
Jamiyat