$
 12933.16
-14.94
 14719.23
23.14
 158.28
1.35
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

“Texnomart” MChJ jarimaga tortildi

texnomart

Raqobat qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan monitoringlar natijasida reklama qonunchiligi buzilish holatlari aniqlandi. Jumladan,  “Texnomart” MChJga nisbatan moliyaviy jarima qo‘llanildi.

Reklamada aytilgan narx savdo do‘konlaridagi narx bilan bir xil emas

Ma’lum qilinishicha, “Texnomart” MCHJ telegram kanalida joylashtirilgan “Eng zo‘r taklif” mazmunidagi mobil telefonlar reklamalarida mahsulot narxi va to‘lov shartlari bo‘rttirib ko‘rsatilganligi aniqlangan. Masalan, VIVO Y03 telefoni uchun 213 167 so‘m oylik to‘lov, HONOR X7b telefoni uchun esa 274 167 so‘m etib ko‘rsatilgan.

Shuningdek, qo‘mita tomonidan boshqa savdo do‘konlaridagi ushbu markali mobil telefonlar narxlari solishtirilganda, “Texnomart” MCHJ savdo do‘konlaridagi muddatli to‘lov narxlari nisbatan yuqoriligi kuzatilgan. Bundan tashqari, reklamada “eng”, “eng yaxshi” kabi orttiruvchi nisbatlar ishlatilgan, lekin bu da’volarni tasdiqlaydigan aniq dalillar taqdim etilmagan.

Korxona mas’ullari ogohlantirilgan

Mazkur holatlar yuzasidan Qo‘mita Maxsus komissiyasi tomonidan “Texnomart” MCHJga nisbatan “Reklama to‘g‘risida”gi hamda “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunlarining tegishli moddalari talablari buzilishi bilan ish qo‘zg‘atilib, ishni ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha moliyaviy jarima qo‘llash haqida qaror qabul qilindi.

Shuning bilan birga, mazkur qonunbuzilish holatini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan ko‘rsatma berildi.