$
 12142.10
-52.11
 14079.98
95.66
 150.53
0.56
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekistonliklar internet orqali ko‘proq qaysi bankka murojaat qilishmoqda?

online banking

Wunder Digital agentligi sentyabr oyida O‘zbekiston banklari saytlarining SEO samaradorligi bo‘yicha hisobot tayyorladi, deb yozmoqda Kursiv.

TOP–3

Umumiy ko‘rinish reytingida yetakchilik “Ipak Yo‘li banki”ga tegishli bo‘lib, sentyabr oyida uning internetdagi ko‘rinish darajasi 57,03 foiz deb baholandi.

Ikkinchi o‘rinni esa 45,53 foiz bilan “O‘zsanoatqurilishbank” egallagan bo‘lsa, uchinchi o‘rindan 32,98 foiz ko‘rsatkich bilan “O‘zmilliybank” yakunladi.

Reyting so‘rovlar chastotasi tahlili, bank portallarining qidiruv natijalaridagi o‘rni kabi asosiy omillar hisobga olingan holda tuzildi.

Googleda qaysi bank yetakchi?

Google qidiruv tizimidagi bank portallari ko‘rinishi haqida gapiradigan bo‘lsak, bu yerda yetakchilik 57,63 foiz ko‘rsatkich bilan “Ipak Yo‘li banki”ga tegishli. Keyingi o‘rinlardan “O‘zsanoatqurilishbank” 47,02 foiz va “Turonbank” 33,84 foiz ko‘rsatkich bilan joy olgan.

Yandex’dachi?

Yandex’da birinchi o‘rinni 53,97 foiz ko‘rinish bilan “O‘zmilliybank” egalladi. Ikkinchi o‘rinda 51,59 foiz bilan “Ipak Yo‘li banki”, uchinchi o‘rinda esa 51,39 foiz ko‘rsatkich bilan “Hamkorbank” joy oldi.

Ayrim banklar CEO ustida ishlashi kerak 

Hisobotga ko‘ra, ko‘plab banklarning ko‘rinishi juda past — 27 ta tadqiq qilingan tashkilotdan 9 tasida bu ko‘rsatkich 1 foizdan oshmaydi, bu esa trafikni oshirish va mijozlarni jalb qilish uchun CEO ustida jiddiy ish olib borish zarurligini ko‘rsatadi.

Wunder Digital past o‘rinlarga ega banklarga saytlarni optimallashtirishni va ko‘rinishni yaxshilash, mijozlar sonini oshirishni tavsiya etadi.

Теги :
Iqtisodiyot