$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Yangi kun, yangi bayram

qonun palata

O‘zbekiston Respublikasining “Ilm-fan kunini belgilash to‘g‘risida”gi qonuni loyihasi e’lon qilindi.

Fanlar akademiyasidan yangi qonun loyihasi

O‘zbekiston prezidentining 2023-yil 9-sentabrdagi “Fanlar akademiyasi tashkil topganligining 80 yilligiga bag‘ishlangan yubiley tadbirlarini o‘tkazishning tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Fanlar akademiyasi tomonidan qonun loyihasi ishlab chiqildi.

4-noyabr – “Ilm-fan kuni”

Loyihada Fanlar akademiyasi 1943-yil 4-noyabr kunida tashkil etilganligini inobatga olgan holda O‘zbekistonda ham 4-noyabr sanasini “Ilm-fan kuni” sifatida nishonlash taklif etiladi.

Mazkur qonun ilm-fan bilan shug‘ullanuvchilarni rag‘batlantirish va mazkur sohaga keng jamoatchilik e’tiborni qaratishga hamda ilm-fan sohasidagi yutuqlarni xalqaro va mahalliy doirada e’tirof etishga xizmat qiladi.

Tadbirlar moliyalashishi

Qonun loyihasida ko‘rsatilgan havolaki normalarni amalga oshirish bo‘yicha qonunosti hujjatlar qabul qilingandan so‘ng davlat budjetidan moliyalashtirish talab etiladi.