$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Deputatlar 3,8 milliondan ortiq fuqaroning taqdirini belgilab beruvchi qonuni qabul qildi

Qonunchilik palatasi

Kuni kecha Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi

Majlisda deputatlar tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etishga qaratilgan qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqilib, qonun loyihasi bilan yer uchastkasi va unda qurilgan imoratga bo‘lgan huquqni, shuningdek yakka tartibdagi uy-joy qurilgan o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasiga ijara huquqini e’tirof etishning aniq tartiblari belgilandi. 

 Ijara huquqi

Shuningdek, loyihada fuqarolar tomonidan ortiqcha egallangan yer uchastkasiga, bog‘dorchilik va uzumchilik shirkatlari hududidagi turar joylar egallagan yer uchastkasiga ijara huquqini e’tirof etishning huquqiy asoslari belgilab berildi. Shu bilan birga, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar e’tirof etilgan taqdirda, yer uchastkasini o‘zboshimchalik bilan egallab olgan shaxslarning Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda nazarda tutilgan javobgarlikdan ozod etilishi ko‘zda tutildi.

Qonun loyihasining maqsadi

Deputatlarning qayd etishicha, qonun loyihasining qabul qilinishi fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalariga nisbatan ijara huquqi hamda ularda qurilgan uy-joy, boshqa bino va inshoot yoki ko‘chmas mulk obyektlariga nisbatan mulk huquqi rasmiylashtirishi uchun huquqiy asoslar yaratilishiga xizmat qiladi. Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan moddama-modda muhokama qilindi va uchinchi o‘qishda qabul qilindi.