$
 12928.27
18.47
 13462.21
46.35
 129.66
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

Endi fuqarolar o‘zi bilan kredit bitimi tuzishni taqiqlashi mumkin bo‘ladi

firibgarlik

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida deputatlar tomonidan kredit sohasidagi munosabatlarni yanada takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda konseptual jihatdan ko‘rib chiqilib, qabul qilindi.

Kredit bitimlarini tuzish taqiqlangan shaxslar reyestri tuziladi

Ushbu qonun loyihasi Senatning Byudjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, unda jismoniy shaxs o‘zining ishtirokisiz yoki xabarisiz kredit bitimini rasmiylashtirish bilan bog‘liq firibgarliklarning oldini olish maqsadida kredit byurosiga ariza kiritish orqali u bilan kredit bitimini tuzishni taqiqlashi mumkin bo‘ladi.

Shu munosabat bilan kredit bitimlarini tuzish taqiqlangan shaxslar reyestrini yaratish ko‘zda tutilgan. Markaziy bank o‘rinbosari Abrorxo‘ja Turdialiyevning bildirishicha, reyestrga kiritilgan shaxs keyinchalik banklardan kredit olishni xohlasa, qayta ariza beradi va kredit oladi.

Majlisda deputatlar tomonidan mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi firibgarlik yo‘li bilan fuqarolarning xabarisiz kreditlarni ularning nomiga rasmiylashtirish va mazkur kreditlarni o‘zlashtirish holatlarining oldini olishga, shuningdek, kredit byurolari faoliyatini tartibga solishni takomillashtirishga xizmat qilishi qayd etildi.

Vaqtinchalik tartib

Eslatib o‘tamiz,O‘zbekistonda 1-noyabrdan 2025-yil 1-aprelgacha banklarda onlayn kredit ajratish bo‘yicha vaqtinchalik tartib yo‘lga qo‘yilgan edi. Unga ko‘ra, kredit tashkilotining mobil ilovasi orqali kredit ajratish bo‘yicha ariza yuborish jarayonida biometrik identifikatsiyadan o‘tish talab etiladi. Shu bilan birga, fuqaro tomonidan kredit olishga ariza yuborilgandan so‘ng uning kredit tarixi ikki bosqichda (ariza tushgandan so‘ng hamda kredit mablag‘lari ajratilishidan oldin) o‘rganiladi. Tekshiruv natijasiga ko‘ra, mijozning qarz yuki oshgani yoki muddati o‘tgan qarzdorlik mavjudligi aniqlansa, kredit ajratish rad etilishi yoki boshqa summada ajratilishi to‘g‘risida xabar beriladi.

Теги :
Jamiyat