$
 12829.07
-15.14
 13344.80
-163.46
 124.91
-2.44
weather
+26
Кечаси   +14°

Bir qator o‘zbekistonliklar ishsiz qolishi mumkin

Ishsiz

O‘zbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi bir qator sohalarda qisqartirishlar taklifini tayyorlamoqda. Unda keltirilishicha, bir-birining vazifasini takrorlovchi bir nechta davlat tashkilotlari, shuningdek ayrim davlat idoralarining tumanlardagi bo‘limlari tugatiladi. 

Ro‘yxatdagi sohalar

Jumladan tuman (shahar) adliya bo‘limlari va Xalq qabulxonalari tugatilib, bu boradagi elektron davlat xizmatlari rivojlantiriladi. Shuningdek, hududiy G‘aznachilik xizmati boshqarmalari hamda Byudjetdan tashqari nafaqa boshqarmalari, umumta’lim, musiqa maktablari, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlaridagi bir qancha lavozimlar qisqartiriladi. Bundan tashqari, sog‘liqni saqlash tashkilotlarida ham shtatlar qisqartirilishi taklif qilinmoqda.

Maktablardagi qisqartirishlar

Bugun mavzuga doir masalada keng tarqalgan xabar "maktablardagi ayrim lavozimlarni qisqartirish taklif qilindi" sarlavhasi ostida keng tarqaldi. Unda direktor o‘rinbosari, psixolog, kutubxonachi va laborant lavozimlarini qisqartirish taklif qilingani ma’lum qilinadi. Shuningdek, qisqartirishlar ro‘yxatida hududiy maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi xodimlari va buxgalterlar ham borligini ko‘rish mumkin. O‘zbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi bu orqali byudjet xarajatlarini kamaytirishni reja qilgan.