$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

"Ommaviy gunoh" hali ham davom etmoqda(mi?)

Qasd

Namangan viloyati Pop tumanida qamoqxona mahkumining jasadi topildi. Bosh prokuratura ma’lumotiga ko‘ra, u o‘z joniga qasd qilgan. 

Dastlabki ma’lumotlar

23 may kuni Namangan viloyatidagi jazoni ijro etish muassasasida jazo o‘tayotgan 2000 yilda tug‘ilgan mahkum ishlab chiqarish sexi xududida o‘zini-o‘zi osib, vafot etgan. U Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi "Giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda sotish" bilan sudlangan. Murdani ko‘zdan kechirish davomida bo‘yin sohasida strangulyatsion egatdan tashqari boshqa tan jarohatlari aniqlanmagan. 

Vaziyat aslidagidan boshqa bo‘lishi ham mumkin

Biroq Bu haqda "Ezgulik" jamiyati raisi Abdurahmon Tashanov ma’lum qilishicha, marhumning onasi o‘g‘lining tanasida qiynoq izlari borligi, u 11 may kuni uyiga qo‘ng‘iroq qilib, qamoqxonada unga azob berishayotgani haqida aytganini ta’kidlagan. Qolgan oila a’zolari ham marhumning o‘z joniga qasd qilishiga ishonmayapti. Holat yuzasidan Pop tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari o‘tkazilmoqda. "Tekshirish harakatlari har tomonlama, to‘liq va xolisona o‘tkazilishi va natijasi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi", deyiladi Bosh prokuratura xabarida.