$
 11913.35
14.26
€
 13328.66
30.24
₽
 142.39
0.86
weather
+26
Кечаси   +14°

Qashqadaryoda sel Damas avtomobilini oqizib ketdi: yo‘lovchi halok bo‘ldi

Sel

2026-yil 13-oktabr kuni soat 17:30 lar atrofida Dehqonobod tumanining tog‘li hududlarida qisqa muddatli kuchli yomg‘ir yog‘ishi natijasida “Qo‘ng‘irot” mahalla fuqarolar yig‘iniga qarashli Shakarbuloq qishlog‘i hududidan sel oqimi o‘tgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yo‘ldan adashgan Damas avtomobili haydovchisi va uning hamrohi yo‘nalishni aniqlash uchun sel oqimi o‘tadigan hududda to‘xtagan. Shu payt avtomobil sirpanib, sel yo‘lining chuqurroq qismiga tushib ketgan.

Haydovchi hamrohini sel kelayotgani haqida ogohlantirgan

Shundan so‘ng haydovchi mashinadan tushib, telefon orqali bog‘lanishga uringan. U hamrohini sel kelayotgani haqida ham ogohlantirgan. Biroq sel oqimi Damas avtomobili va uning ichida bo‘lgan yo‘lovchini olib ketgan.

Hodisa yuzasidan qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilgan. Natijada sel oqimi olib ketgan yo‘lovchining jasadi topilgan.

Voqea joyiga Dehqonobod tumani hokimligi, Favqulodda vaziyatlar bo‘limi hamda Ichki ishlar bo‘limi mas’ullari jalb etilgan.

Теги :
Jamiyat