$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Qahva saratonni rivojlanishini pasaytirishi mumkin. Lekin...

Qahva

Qahva iste’mol qilish ichak saratoni rivojlanishini pasaytirishi mumkin. Bu haqda London Imperiya kolleji olimlari "International Journal of Cancer" nashrida e’lon qilgan maqolada aytildi.

1719 nafar bemor tahlillari

Mutaxassislar birinchi, ikkinchi va uchinchi bosqichdagi kolorektal saraton (yo‘g‘on va to‘g‘ri ichak saratoni)ga chalingan 1719 nafar bemorning ma’lumotlarini tahlil qilishdi. Ular kuniga ikki finjondan to‘rt finjongacha qahva ichuvchilarda kasallikning rivojlanish ehtimoli sezilarli kamayishini qayd etishdi.

32 foizlik natija 

Shuning barobarida, kuniga to‘rt finjon va undan ko‘p qahva iste’mol qiluvchilarda kolorektal saraton qaytalanishi xavfi 32 foizga kamayishi aytilmoqda. Kuniga to‘rt finjon qahva iste’mol qiluvchilar orasida saratonning bu turidan o‘lim xavfi eng kam kuzatilgani diqqatga sazovor.

Lekin...

Quvonarli natijalarga qaramasdan, mutaxassislar qo‘shimcha tadqiqotlar o‘tkazish zarurligini, qahvani ichishni me’yoridan oshirib yubormaslikni so‘rashyapti.

Flesh-terapiya

Yil boshida AQSHning Pensilvaniya universiteti olimlari saraton kasalligini davolashga qaratilgan yangi usulni sinovdan o‘tkazgan edi. Natijalar muvaffaqiyatli yakunlangan. Unga ko‘ra olimlar proton nurlanishdan foydalanish metodologiyasi va ekspress seanslar uchun optimal dozalarni ishlab chiqqan. Tez orada flesh-terapiya saraton muolajasida keng ommalashishi mumkinligi aytilgan edi. Tadqiqotchilar xulosasiga ko‘ra, flesh-terapiya an’anaviy nur muolajalariga nisbatan nojo‘ya ta’sirlar xavfini uchdan ikki qismga kamaytirishi aytilgan.