$
 12979.13
-10.87
 13513.87
-56.78
 131.22
-0.64
weather
+26
Кечаси   +14°

Zamonaviy hayot muammolari: Erkak kishi ko‘proq pul topishi kerakligi haqidagi qarash hamon saqlanib qolganmi?

er-xotin

Xotini o‘zidan ko‘ra ko‘proq pul topadigan erkaklarda ruhiy muammolarga duch kelish ehtimoli yuqori bo‘lishi mumkin. Shu muammoga qaratilgan tadqiqotda 20 mingdan ortiq juftliklar orasida iqtisodiy masalalar tahlil qilindi.

Ayoli o‘zidan ko‘proq pul topgan erkaklar psixotrop moddalarga ruju qo‘ygan

Iqtisodchi Demid Getikning “The Economic Journal” nashrida e’lon qilingan tadqiqotida yozilishicha, hatto zamonaviy Yevropada ham gender rollariga oid eski qarashlar saqlanib qolgan bo‘lishi mumkin.

“Menimcha, insonlar hali ham oilada erkak kishi ko‘proq pul topishi kerak, degan stereotip fikr ta’siri ostida”, — dedi Getik.

Tadqiqot mobaynida, er-xotin qanchalik ko‘p pul topsa, ularning ruhiy salomatligi shuncha yaxshilangan. Biroq dastlab turmush o‘rtoqlar bir xil pul topib, keyinchalik ayol eridan o‘zib ketgan hollarda erkakning ruhiy sog‘ligi yomonlashgan. Ba’zi ishtirokchilar psixotrop moddalar iste’mol qilishni boshlagani kuzatilgan.

Ayollar o‘zidan ko‘ra boyroq, erkaklar esa kambag‘al juft tanlashni afzal bilmoqda

Shuningdek, The Times nashrining ma’lum qilishicha, Getik tadqiqoti natijalari ayollar daromadining oshishi hamda oilaviy hayotdan qoniqish, shuningdek, ajrimlar sonining ortishi o‘rtasidagi bog‘liqlikka doir boshqa tadqiqotlar bilan mos keladi.

Yaqinda Berlinda o‘tkazilgan boshqa bir tadqiqotga ko‘ra, milliarder ayollar juft sifatida o‘zidek daromadga ega yoki o‘zidan ko‘proq daromad oladigan erkaklarni tanlaydi. Milliarder erkaklar esa aktrisalar, shou biznes yoki xayriya sohasi vakillari orasidan juft topadi.

Texnologiya va zamon qanchalik o‘zgarmasin ayrim qadriyatlar davomiy saqlanib qolmoqda. Shu tufayli iqtisodiy masalalar bilan bog‘liq muammolar er-xotin juftliklari tomonidan o‘zaro bitim asosida birgalikda hal etilishi oilaning birdamligini mustahkamlashga katta yordam berishi mumkin.