$
 12948.10
-9.04
 14696.09
-6.38
 156.93
0.37
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

2025-yilda dunyo siyosiy hayotida qanday voqealar yuz beradi?

xarita

Financial Times 2025-yil uchun o‘z prognozlarini e’lon qildi. Ushbu prognozlarda dunyo siyosiy hayotida qanday muhim voqealar ro‘y berishi taxmin qilingan.

Nashrning prognozlari quyidagicha:

Ukraina va Rossiya o‘rtasida tinchlik sulhi tuziladi. Ukrainaning NATOga a’zolik masalasi ochiqligicha qoladi;

Tramp yangi tarif urushini boshlaydi. AQSHga import qilinadigan mahsulotlardan 10 foizdan kam bo‘lmagan boj undiriladi;

Bitkoin qiymati $200 mingga chiqadi;

AQSHda foiz stavkalari hozirgi holatida qoladi yoki yil oxiriga borib ko‘tariladi;

Makron Fransiya prezidentligini saqlab qoladi;

Texnonahanglar — Alphabet, Amazon, Apple, Microsoft, Nvidia va Tesla inqirozga uchramaydi;

Xitoy eksporti arzonlashishda davom etadi;

Ilon Mask va Donald Tramp munosabatlariga putur yetmaydi;

Germaniya davlat qarzlariga cheklovlarni yumshatadi;

Obligatsiyalar bozori qulamaydi;

Eronning yadroviy obyektlariga Isroil va AQSH zarba bermaydi;

Elektromobillarning jahon savdosi 25 foizdan oshmaydi;

Prezident Miley Argentinada valyuta nazoratini bekor qiladi;

Sudandagi urush davom etadi;

Kundalik turmushda faol qo‘llaniladigan sun’iy intellekt-agentlar paydo bo‘ladi;

Kompakt-disklar vinil plastinkalari “o‘rinbosari” sifatida qayta tug‘ilmaydi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili nashrning 22 ta prognozidan faqat uchtasi noto‘g‘ri chiqqan. Shunday ekan, bu yilgi qilingan taxminlar qanchalik to‘g‘ri va o‘zini oqlaydi? Buni yil yakunida bilib olamiz.