$
 12829.07
-15.14
 13344.80
-163.46
 124.91
-2.44
weather
+26
Кечаси   +14°

Boʻsh sinfxonalar repetitorlarga ijaraga beriladi

milliy sert

O'zbekistonlik ilm insonlari uchun bir qator imkoniyatlar yaratilmoqda. kuni kecha bo'lib o'tgan prezident selektor majlisida ha bu mavzuga alohida e'tibor qaratildi.

Tekin ijara

Endilikda maktablardagi bo‘sh sinf xonalari chet tili repetitorlari va o‘quv markazlari uchun bepul ijaraga beriladi. Ushbu xabar Prezident o'tkazgan selektorda ta'kidlangan bo'lib, unga ko'ra, yana bir yoqimli o'zgarish qishloq joylardagi o‘quvchilarning o‘zlashtirishi yuqori bo‘lgan 100 ta xususiy o‘quv markazining ijara xarajatlari 6 oygacha kompensatsiya qilinadi.

Sertifikat olish va o'qishdagi imkoniyatlar 

Shuningdek, xususiy kurslarda o‘qib, “C-1” sertifikatini olgan yoshlarga o‘qish xarajatlari, nemis, fransuz, koreys, yapon va xitoy tillari bo‘yicha esa “B-2” darajasi sertifikatini olish xarajatlari qoplab beriladi. Yana bir yangilik – bu yil nafaqat sertifikat olishdagi imtihon xarajati, balki olti oylik o‘qish puli ham to‘lab beriladi.

Bundan tashqari, “Ustoz” loyihasi doirasida 250 ming nafar yoshlar marketing, reklama, elektron savdo, IT-dizayner kabi 30 ta zamonaviy kasbga o‘rgatilishi ham reja qilingan.