$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

”Men siyosatchi emasman” degan odam ham ko‘rib, tushunib yetyapti — Shavkat Mirziyoyev

President

Kuni kecha Prezident Shavkat Mirziyoyev navbatdagi yig'ilishlardan birida dunyoda sodir bo‘layotgan voqealar xususida gapirdi.

Xalqaro maydonda balans buzildi

Jahonda nimalar bo‘layotganini siyosatdan uzoq odam ham ko‘rib bilyapti. ”Men siyosatchi emasman” degan odam ham ko‘rib, tushunib yetyapti. Juda ko‘p masalalar bor, yechimi yo‘q. Xalqaro maydonda balans buzildi, qonun-qoidalari mutlaqo o‘zgardi. Hatto do‘stim deb yurgan davlatlar orasida o‘zaro ishonch yo‘q bo‘ldi desak, bu ham adolatli. Ertaga dunyoda bu notinchlik ko‘lami qayergacha kengayishini hech kim bilmaydi. 

Ong o‘zgarishi kerak

Bu gaplarni nima uchun aytyapman, bu musaffo mustaqillikning qadriga yetyapmizmi, yo‘qmi? Tashqarida qanday tahlika bo‘lishidan qatʼi nazar, biz odamlarimizni rozi qilsak, o‘sha tahdidga tayyor bo‘lolamiz. Mamlakatimizda tinchlikni saqlash, odamlarimizni daromadli qilish, ularga munosib sharoit yaratish uchun bizga barqaror va tez surʼatlarda o‘sadigan iqtisodiyot kerak. Yuqori daromadli yangi ish o‘rinlari, eksport kerak. Mana shu aytgan narsalarimning tagida bitta narsa bor — fidoyilik va vatanparvarlik kerak. Eng katta narsa — ong o‘zgarishi kerak. Pirovardida ish o‘rni, odamlarni inontirish, davlat siyosatiga xizmat qilish kerak bo‘ladi. 

"Bunga men 7 yil umrimni qo‘ydim"

Baribir qildiraman. Xudo menga sog‘liq berib, umr bersa, bizda kambag‘allik va ishsizlik bo‘lmaydi. Nimaga desangiz, bunga men 7 yil umrimni qo‘ydim. Tizim yaratdim, qonun yaratdim, dunyoni ochib berdim. Xalqim yaxshi yashasin, niyatlari amalga oshsin, bolalari baxtli bo‘lsin, nevaralari sog‘lom tug‘ilsin, maktabi ishlasin, yo‘llari ravon bo‘lsin deb ishga keldim. O‘zbek xalqini kim o‘ylaydi, biz o‘ylamasak?, – dedi Shavkat Mirziyoyev.