$
 12668.14
-46.99
 14640.57
-89.91
 161.15
-0.6
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

Navroʻz bayrami arafasida Qozogʻistondan Oʻzbekistonga sayyohlik poyezdi tashkil qilinadi

jibek

Navroʻz bayrami arafasida Qozogʻistondan Oʻzbekistonga sayyohlik poyezdi tashkil qilinadi. Bu haqda AstanaTV xabar berdi.

 Yo‘lovchilar 2 mamlakatda bayramni nishonlashlari mumkin

Uchinchi transchegaraviy sayohat 2025-yil 20-25-mart kunlarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Bu esa yoʻlovchilarga Navroʻzni bir vaqtning oʻzida ikki mamlakatda nishonlash imkonini beradi.

“Olmaota – Turkiston – Toshkent – ​​Samarqand – Taraz – Olmaota” yoʻnalishi boʻyicha xalqaro sayohat davomiyligi besh kunni tashkil etadi.

Sayohatchilar bu muddat oraligʻida qadimiy shaharlar muhitiga shoʻngʻish, Ipak yoʻlining maʼnaviy merosi bilan tanishish, ikki davlatning diqqatga sazovor joylariga sayohat qilish imkoniyatiga ega boʻladi.

Sayohatchilar uchun qulayliklar yaratiladi

“Sayyohlar sharqona mehmondoʻstlik muhitini ham his qilishlari mumkin. Ekskursiya dasturidan etnoovulda bayram tadbirlari – konsert dasturi, milliy marosimlar va anʼanaviy taomlardan tatib koʻrish oʻrin olgan”, deyiladi xabarda.

Tadbir mobaynida turistlarga qulaylik yaratish maqsadida ular gid, zamonaviy vagonlarda qulay yashash sharoitlari, ovqatlanish va ekskursiyalar bilan taʼminlanadi.

“Jibek joly” turistik qatnovi avval ham 2 bora transchegaraviy sayohatni amalga oshirgan

Eslatib o‘tamiz, avval ham Qozog‘istondan O‘zbekistonga sayyohlik poyezdlari tashkil etilgan bo‘lib, 2024-yilning noyabr oyida “Olmaota – Turkiston – Toshkent – Olmaota” yo‘nalishi bo‘yicha “Jibek joly” turistik poyezdining ilk qatnovi sinov tariqasida amalga oshirilgan. Shuningdek, 2025-yil 2–7-yanvar kunlari transchegaraviy “Olmaota – Turkiston – Toshkent – Samarqand – Olmaota” yo‘nalishida “Jibek joly” nomli turistik poyezdning 2-qatnovi yo‘lga qo‘yilgan.

2 mamlakat o‘rtasida turistik poyezdlari qatnovi bo‘yicha kelishuv imzolangan

Bundan tashqari, 2025-yil yanvar oyida Ostona shahrida “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” va Qozog‘istonning “Passajirskiye perevozki” kompaniyalari o‘rtasida yo‘lovchi tashishni rivojlantirish va ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilingan. Muzokaralar yakunida turistik poyezdlarning harakatlanishi bo‘yicha kelishuv imzolangan va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha ishchi guruh tuzilgan.

Ushbu tashabbuslar Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi turizm aloqalarini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.