$
 12258.38
16.21
 14455.08
-67.81
 159.49
-0.41
weather
+26
Кечаси   +14°

Endilikda temir yo‘lda yo‘lovchilarga yo‘l davomida choy, ichimlik suvi, shakar bepul beriladi

poyezd

18-dekabr kuni “Temir yo‘l transporti sohasida davlat tomonidan tartibga solinadigan va bozor tamoyillari asosida ko‘rsatiladigan xizmatlar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi.

Poyezdning kutish zalida tekin Wi-Fi tarqatiladi

Qarorga muvofiq, quyidagilar tasdiqlandi:

Temir yo‘l transporti sohasida davlat tomonidan tartibga solinadigan xizmatlar ro‘yxati;

Temir yo‘l transporti sohasida bozor tamoyillari asosida ko‘rsatiladigan xizmatlar ro‘yxati;

Temir yo‘l transporti sohasida iste’molchilarga bepul ko‘rsatiladigan xizmatlar ro‘yxati.

Shuningdek, bunda iste’molchilarga aravacha, ona va bola xonasidan foydalanish, kutish zalida Wi-Fi, nogironlar uchun aravachalar, yo‘l davomida choy, ichimlik suvi, shakar bepul taqdim etiladi.