$
 12971.00
-1.08
 13308.25
84.51
 126.04
-0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

2025-yil 14-yanvarning eng muhim voqealari dayjesti

14-yanvar dayjesti

Toshkent xalqaro aeroportida mushuklar uchun uylar o‘rnatildi

Toshkent xalqaro aeroportida yashil maydonga mushuklar uchun maxsus uylar joylashtirildi. Toshkent arxitektura-qurilish universiteti talabalari tomonidan ishlab chiqilgan ushbu uychalar binoning tashqi ko‘rinishiga mos tarzda loyihalashtirilgan.

“Uzbekistan Airports” matbuot xizmatining ta’kidlashicha, mushuklar shahar ekologik tizimining bir qismi bo‘lib, ular nafaqat estetik zavq bag‘ishlaydi, balki uy sichqonlari va kalamushlarni yo‘q qilish orqali foyda keltiradi. Uychalar ekologik toza va chidamli materiallardan tayyorlangan bo‘lib, sovuq mavsum uchun isitish, issiq ob-havo uchun shamollatish tizimlari bilan jihozlangan. Loyiha “Mushukkent” tashabbusi doirasida amalga oshirilib, jamiyatda hayvonlarga insonparvar munosabatni targ‘ib qilishga qaratilgan. Bu ijtimoiy tashabbus aeroportning shahar va mamlakat hayvonlarga bo‘lgan munosabatini aks ettiruvchi ramziy qadam sifatida qaralmoqda.

O‘zbekiston Qozog‘istonga 11 oyda 8 ming tonnadan ziyod o‘rik eksport qilgan

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston qiymati 62,2 million dollarga teng bo‘lgan 64,8 ming tonna o‘rikni xorijga eksport qildi. Eng ko‘p o‘rik sotilgan davlatlar orasida Rossiya birinchi o‘rinda bo‘lib, unga 51,4 ming tonna yetkazilgan.

Ikkinchi o‘rinda Qozog‘iston – 8 ming tonnadan ortiq, uchinchi o‘rinda esa Qirg‘iziston – 2,6 ming tonna o‘rin oldi.

Shuningdek, Ozarbayjonga 1 483 tonna, Belarusga 720,5 tonna, Iroqqa 112,1 tonna, Gruziyaga 78,7 tonna va Ukrainaga 58,3 tonna o‘rik eksport qilingan. Qolgan davlatlarga esa umumiy hisobda 134,3 tonna o‘rik yetkazib berilgan.

Prezident maktabi o‘quvchilari Shayx Zoid Ol Nahayon nomidagi mukofotni qo‘lga kiritdi

Abu-Dabidagi taqdirlash marosimida prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi. Davlat rahbari maktab vakillari bilan uchrashib, ularni g‘alaba bilan tabrikladi. Toshkent shahridagi Prezident maktabi barqaror rivojlanish bo‘yicha Shayx Zoid Ol Nahayon nomidagi nufuzli mukofotning “Global o‘rta maktablar” nominatsiyasida g‘olib deb topildi

Mukofotni Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon topshirdi.

Abu-Dabidagi taqdirlash marosimida prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi. Davlat rahbari maktab vakillari bilan uchrashib, ularni g‘alaba bilan tabrikladi.

Xorijdagi katta yoshdagi vatandoshlar uchun “Chinor” dasturi tashkil etiladi

Loyihaga jalb etiladigan katta yoshdagi vatandoshlarni tanlab olishga qaratilgan nizom ishlab chiqiladi.

2025 yilga mo‘ljallangan davlat dasturi loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi.

Xorijdagi katta yoshdagi vatandoshlar uchun O‘zbekistonda “Chinor” dasturi tashkil etiladi. Loyihaga jalb etiladigan katta yoshdagi vatandoshlarni tanlab olishga qaratilgan nizom ishlab chiqiladi. Ishtirokchilar ro‘yxati nizom asosida shakllantiriladi va kelishiladi. Loyiha dasturi ishlab chiqiladi. Tadbir yuqori saviyada tashkil etiladi.

Shuningdek, vatandoshlar butunjahon qurultoyiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida xorijda hududiy vatandoshlar forumi o‘tkaziladi.

Hududiy forum konsepsiyasi ishlab chiqiladi. Forum o‘tkazish joyi belgilanadi. Davlatlar kesimida ishtirokchilar ro‘yxati shakllantiriladi. Ishtirokchilarga taklifnomalar yuboriladi, forum o‘tkaziladi va qurultoy delegatlari aniqlanadi.

Теги :
Jamiyat