$
 12805.09
-10.04
 13889.68
-8.33
 133.10
-0.1
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 10-iyulning eng muhim voqealari dayjesti

positive

Pirotexnika buyumlarining muomalasi uchun javobgarlik kuchaytiriladi

Huquqbuzarliklar profilaktikasi, shu jumladan pirotexnika buyumlari qonunga xilof muomalasining oldini olish bo‘yicha tadbirlar samaradorligini oshirishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.  

2021-2023 yillarda 239 holatda mamlakatimiz hududiga qiymati qariyb 2 milliard so‘mlik 300 mingdan ortiq pirotexnika buyumlarini noqonuniy olib kirish holatlarining oldi olingan.

Qo‘mita tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlariga qo‘shni davlatlardan chegarani buzgan holda pirotexnika vositalarini olib o‘tish holatlarining oldini olish bo‘yicha profilaktik tadbirlarni yanada kuchaytirish lozimligi yuzasidan tavsiyalar yuborilgan.

Ishga joylashishda ovoragarchilik kamaytiriladi

Senat yalpi majlisida “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun ko‘rib chiqildi.

Ushbu hujjat bilan sohada ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash maqsadida ish beruvchining bo‘sh ish o‘rinlari mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning elektron shaklda yuborish shartlari belgilanmoqda.  

Qonunda xodimlarni ommaviy ravishda ishdan bo‘shatish mezonlari aniq belgilab berilayotgani hamda yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi bilan o‘zaro muvofiqlashtirilayotgani kelgusida ishchilarni ijtimoiy himoya qilishni yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.  

Hujjatda ishsiz shaxslarga kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash yoki malaka oshirish davrida Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan stipendiyalarni to‘lash mezonlari aniq belgilanmoqda.  

“Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasi hududi kengaymoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasining hududini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Farg‘ona viloyati, Quvasoy shahri hokimligi zaxirasidagi jami 210,4 gektar, shundan 143,3 gektar sug‘oriladigan yer uchastkalari qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar toifasidan sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yerlar toifasiga o‘tkaziladi va ushbu yerlar hisobiga "Qo‘qon" erkin iqtisodiy zonasi hududi kengaytiriladi.

Qaror bilan "Qo‘qon" erkin iqtisodiy zonasining kengaytirilayotgan hududi chegaralari tasdiqlandi.

«Toshkent-Markaziy» temiryo‘l vokzalidan aksariyat poyezdlar harakati to‘xtatiladi

Transport vazirligining ma’lum qilishicha, «Toshkent-Markaziy» (Shimoliy) vokzali orqali harakatlanuvchi deyarli barcha poyezdlar 15 iyuldan 15 avgustgacha «Toshkent-Janubiy» vokzaldan jo‘naydi.

«To‘qimachi» hamda «Toshkent yo‘lovchi» bekatlari oralig‘idagi temir yo‘lda ta’mirlash ishlari olib boriladi.

Теги :
Жамият