$
 12875.06
13.23
 13406.80
-90.4
 124.75
-0.72
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 3-iyunning eng muhim voqealari dayjesti

6 3

Oʻzbekiston ochiq chempionati boʻlib oʻtdi

1-2-iyun kunlari Toshkentda yengil atletika boʻyicha Oʻzbekiston ochiq chempionati boʻlib oʻtdi. Unda yurtimizning turli hududlari, shuningdek, Tojikiston, Ukraina, Qozogʻistondan tashrif buyurgan 350 nafardan ortiq sportchi gʻoliblik uchun kurash olib bordi.

Yakunda 9 ta oltin, 6 ta kumush va 4 ta bronza medallarini jamgʻargan Samarqand viloyati jamoasi umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi. 7 tadan oltin, kumush va bronza medallariga sazovor boʻlgan poytaxt jamoasi ikkinchi, 5 ta oltin, 6 ta kumush va 8 ta bronza medallari bilan Toshkent viloyati kuchli uchlikdan joy oldi.

“Bahodir Yalangto‘sh”  6-iyundan kinoteatrlarda

“Bahodir Yalangto‘sh” filmi — 6-iyundan yurtimiz kinoteatrlarida namoyish etilishni boshlaydi

Film Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan boshlangan “Tirik tarix” loyihasi doirasidagi ilk kinokartina bo‘lib, Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan Samarqand viloyati hokimligi bilan hamkorlikda suratga olingan.

Namangan osmonida dron-shou

Namanganda Xalqaro gullar festivali doirasida viloyat hokimligi va Kadastr agentligining “Geoinnovatsiya markazi” hamkorligida dron-shou o‘tkazildi.

Shouda 500 ta dron yordamida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i, Mustaqillik monumenti, “So‘nggi qo‘ng‘iroq” qo‘ng‘iroqchasi hamda “Oq yo‘l bitiruvchi”, “Talabalik oltin davrim” va “We love Uzbekistan” yozuvlari aks etgan shakllar Namangan osmonida yaratildi.  

Bank rahbarlari va startap asoschilari bir joyda

Bank rahbarlari va startap asoschilari tajriba almashdilar

O‘zbekistonning yetakchi tijorat banklari hamda startapchilar ishtirokida o‘tkazilgan tadbirdan ko‘zlangan maqsad bank sektoriga mamlakatning venchur va startap ekotizimining rivojlanish dinamikasi bilan tanishtirishdan iborat edi.  

Tadbir doirasida O‘zbekistonning eng yirik banklari istiqbolli startap-loyihalar bilan tanishdi hamda ularni bank tuzilmasiga integratsiya qilish va investitsiyalash imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.