$
 12720.00
-7.96
 13827.91
46.07
 140.04
0.58
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 4-mayning eng muhim voqealari dayjesti

5  4

O‘zbekiston va Italiya sayyohlik poezdi

O‘zbekiston va Italiya “The Samarkand express” sayyohlik poezdini yo‘lga qo‘ymoqda.

Samarqand ekspressining ishga tushirilishi O‘zbekistonda turizm uchun yangi imkoniyatlar ochadi va xorijiy sayohatchilarni jalb qiladi.

6 000 mVt quvvatli shamol elektr stansiyasi

Joriy yilning 2-3-may kunlari poytaxtimizdagi Xalqaro kongress markazida III Toshkent xalqaro investitsiya forumi bo‘lib o‘tdi.

Unda Saudiya Arabistonining “ACWA Power”kompaniyasi bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumanida umumiy qiymati 6,2 milliard dollar, umumiy quvvati 5 000 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyasi qurilishi megaloyihasi yuzasidan “Elektr energiyasini sotib olish bitimi” imzolandi.

10 nafar bokschimiz finalda

Qozog‘istonda boks bo‘yicha o‘tayotgan Osiyo chempionatining yoshlar o‘rtasidagi bellashuvlarida finalga yo‘l olgan vakillarimiz nomi aniq bo‘ldi.

Yarim final bahslarining o‘g‘il bolalar orasidagi bellashuvlarida 10 nafar bokschimiz ringga ko‘tarildi.

Ular orasida Sobirjon Tastanov, Nodirbek Allaberganov, Muhammadazizbek Ismoilov, Akmaljon Isroilov, Halimjon Mamasoliyev va Shahzod Polvonov final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

Shuningdek, Mironshoh Norqosimov, Abdulloh Tohirov, Samandar Habibullayev va Javohir Mehriddinov o‘z vazn toifalarida Osiyo chempionatining bronza medaliga ega chiqdi.

Nodirbekdan yana bir chempionlik

Shvetsiyaning Malmyo shahrida shaxmat bo‘yicha o‘tkazilgan "TePe Sigeman 2024" xalqaro turnirida hamyurtimiz iste’dodli shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov chempion bo‘ldi.

Nodirbek asosiy davrada Arjun Erigaysi hamda Peter Svidler bilan birgalikda 4,5 ochko to‘pladi. Tay-brekda esa hamyurtimiz har ikki shaxmatchi ustidan g‘alaba qozonib, turnir chempioniga aylandi.