$
 12634.00
8.96
 13710.42
23.61
 148.62
2.51
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 29-mayning eng muhim voqealari dayjesti

Day 29-may

1 iyundan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarida ijtimoiy, psixologik va yuridik xizmatlari

Ijtimoiy himoya milliy agentligi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlikda “Idoralararo samarali hamkorlik: oilaviy zo‘ravonlik jabrlanuvchilarini himoya qilishning asosiy sharti” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

2024 yil 1 iyundan boshlab “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarida ijtimoiy, psixologik va yuridik xizmatlar ko‘rsatiladi. Ichki ishlar organlarining “102” raqami bilan xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holati bo‘yicha kelib tushadigan murojaatlar ro‘yxatga olinadi hamda tazyiq va zo‘ravonlik holatida 24 soat davomida qilinishi zarur bo‘lgan harakatlar ketma-ketligi yo‘lga qo‘yilmoqda.  

Abbosbek Fayzullayev “Transfermarkt” talqinida

 Rossiya Premer-ligasi va mamlakat kubogida jami 32 ta bahsda raqiblar darvozasini besh marotaba ishg‘ol qilib, jamoadoshlariga 14 ta golli pas uzatgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi va “SSKA” klubi vakili Abbosbek Fayzullayev Rossiya Premer-ligasining eng yaxshi yosh futbolchisi deya e’tirof etildi.  

Abbosbekning ayni paytdagi transfer summasi 5 million yevroni tashkil qilmoqda. “SSKA” jamoasi 20 yoshli legionerimiz bilan 2026 yilning yarmiga qadar shartnoma tuzgan. Tomonlar kelishuviga ko‘ra, hamkorlik yana bir yilga uzaytirilishi mumkin.  

Xalqaro bolalarni himoya qilish kunida filmlar namoyishlari

Kinematografiya agentligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Maktab va maktabgacha ta’lim vazirligi va Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida Xalqaro bolalar kuniga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tadi. Tadbir “Yangi O‘zbekistonning baxtli bolalari” shiori ostida o‘tkaziladi.

Tadbir doirasida respublika bo‘ylab barcha kinoteatr va Yoshlar ijod saroylarida O‘zbekiston va Rossiya kinoijodkorlari hamkorligida bolalar uchun suratga olingan “Parining sovg‘asi” va “Quyosh ta’mi” filmlarining namoyishi tashkil etiladi. Jumladan, poytaxtimizdagi O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida ham filmlar o‘zbek va rus tillarida taqdim etiladi. Shu bilan birga, yosh tomoshabinlar uchun qiziqarli savol-javob o‘yinlari, multfilm qahramonlari ishtirokida shou-dasturlar ham tashkil etilib, g‘oliblarga maxsus sovg‘alar topshiriladi.  

Toshkentga to‘rt vagonli zamonaviy metro poyezdlari olib kelindi

«Toshkent metropoliteni» DUK ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkent metropoliteni vagon parkiga yana yangi to‘rt vagonli 3 ta zamonaviy metro poyezdi olib kelindi. Ushbu harakat tarkiblari belgilangan yo‘riqnomaga asosan, 7-10 kun davomida texnik sinovdan o‘tkazilib, so‘ngra yo‘lovchilarga xizmat qilishi yo‘lga qo‘yiladi.