$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 26-mayning eng muhim voqealari dayjesti

Day 26-may

"Bahodir Yalangto'sh" filmi

 Samarqand shahridagi "Mo'jiza" amfiteatrida Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan suratga olingan “Bahodir Yalangtoʻsh” tarixiy badiiy filmining premyerasi oʻtkaziladi. Film Samarqand viloyati hokimligi bilan hamkorlikda “Ezgu film” studiyasi tomonidan suratga olingan. 

Kinokartinada buyuk sardor, Registon majmuasi bunyodkori, Samarqandga hokimlik qilgan sarkarda Bahodir Yalangtoʻshning hayot yoʻli va faoliyati hikoya qilinadi.

Taekvondo markazi 

Jizzax viloyati Zomin tumani Dashtobod shaharchasida Prezidentimizning 2022 yil 29 iyuldagi “Taekvondo (WT) sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida taekvondo va Sharq yakka kurashi turlari bilan shug‘ullanish uchun zarur sharoitlar yaratilgan ixtisoslashtirilgan markaz qurib foydalanishga topshirildi.

Maskanda yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati, xalqaro musobaqalar va asosan kelgusi yil mamlakatimizda o‘tishi belgilangan Osiyo o‘yinlariga puxta tayyorgarlik ko‘rish uchun barcha sharoit yaratilgan

“Kareliya – O‘zbekiston” madaniy ko‘prigi

“Rus dunyosi” nashri Namangan shahrida “Kredo” she’riy teatri hududlar aro jamoat tashkiloti tashabbusi bilan “Russkiy mir” jamg‘armasi ko‘magida “O‘zbekistonda Pushkin uchrashuvlari” forumining birinchi bosqichi bo‘lib o‘tganini yoritdi. Maqolada Kareliya Respublikasi poytaxti Petrozavodsk san’atkorlari Namanganda rus maktabi qo‘g‘irchoq teatrini yaratish bo‘yicha muvaffaqiyatli ish boshlagani ta’kidlangan.

“Kichik mamlakat” ijodiy markazi direktori Boris Kudryavsev va loyiha rahbari, “Kredo” she’riy teatri aktrisasi Inga Gayevskaya Rossiya madaniyat markazida aktyorlik, sahna nutqi, qo‘g‘irchoq va teatr rekviziti yasash siri bo‘yicha trening o‘tkazishdi. Namangan shahridagi xususiy rus maktabida “Oltin tovuq” spektakli namoyish etildi. Yoshlar “Katyusha”, “Quyoshli olam”, “Antoshka” qo‘shiqlarini xor jamoasi jo‘rligida kuylashdi, Pushkin she’rlari, Krilov masallaridan o‘qib, raqsga tushishdi.

Migratsiya to‘g‘risidagi bitim muhokamasi

O‘zbekiston kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musayev migratsiya sohasidagi kelishuvni muhokama qilish uchun Germaniya Federal hukumati migratsiya shartnomalari bo‘yicha maxsus vakili Yoaxim Shtamp bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Tadbirda Germaniya iqtisodiyoti Sharqiy qo‘mitasining malakali ishchi kuchi bilan ta’minlash masalasi bo‘yicha spikeri Enriko Rule hamda 32 nafar mahalliy ish beruvchi qatnashdi.

Talab yuqori bo‘lgan mexatronika, logistika, elektrotexnika, santexnika, mashinasozlik, ishlab chiqarish, qurilish, mehmonxona va restoran biznesi kabi 20 ga yaqin soha bo‘yicha o‘qituvchi, trenerlarni tayyorlash taklif etildi.

Теги :
Jamiyat