$
 12634.00
8.96
 13710.42
23.61
 148.62
2.51
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 12-mayning eng muhim voqealari dayjesti

5 12

Boshlanishiga 11 ta oltin

Yengil atletikachilarimiz Markaziy Osiyo ochiq chempionatini 11 ta oltin medal bilan boshlashdi.

Musobaqaning ilk kuni doirasida bir qator yo‘nalishlarda g‘olib va sovrindorlar aniqlab olindi. Kutilganidek, unda Anvar Anvarov uzunlikka sakrash, Suhrob Xodjayev bosqon uloqtirish, Malika Nasriddinova yadro uloqtirish kabi yo‘nalishlarda oltin medallarni qo‘lga kiritishdi. Umuman olganda, kun davomida atletlarimiz 11 ta oltin, 15 ta kumush va 11 ta bronza medallarini jamg‘arishga muvaffaq bo‘lishdi

Mintaqaviy ekspertlar kengashi yig’ilishi bo’lib o’tadi

Joriy yil 14-may kuni Toshkentda qurolli mojaro zonalaridan qaytganlarni reabilitatsiya va reintegratsiya qilish masalalari bo‘yicha Markaziy Osiyo mintaqaviy ekspertlar Kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Mintaqaviy ekspertlar Kengashi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2022-yil 3-4-mart kunlari Toshkentda tashkil etilgan yuqori darajadagi «BMT global aksilterror strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Qo‘shma harakatlar rejasi doirasida Markaziy Osiyo mamlakatlari mintaqaviy hamkorligi» xalqaro konferensiyasida ilgari surilgan va xalqaro sheriklar tomonidan keng ko‘lamda qo‘llab-quvvatlanayotgan tashabbusi doirasida tashkil etilmoqda.

Katta rasmiy tashrif

Joriy yilning 12-15-may kunlari Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi Bosh vaziri o‘rinbosari Lyu Gochjun boshchiligidagi delegatsiya mamlakatimizga tashrif buyuradi.

Tashrif dasturidan hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Xitoy hukumatlararo qo‘mitasining 7-yig‘ilishida ishtirok etish, Toshkent shahri, Samarqand, Sirdaryo viloyatlaridagi bir qator sanoat obyektlari faoliyati bilan tanishish o‘rin olgan.

Buxoroliklarda kumush medal

Farg‘ona shahrida futzal bo‘yicha 10-tur o‘yinlari yakunlandi. Turnir doirasida “Oil-Star” (Buxoro) jamoasi “Bunyodkor” (Toshkent) jamoasini 3:0, “Navbahor” (Namangan)ni 9:4 hisobida mag‘lub etib, viloyatlar orasida kuchli uch jamoadan biri bo‘ldi.

“Oil-Star” (Buxoro neftni qayta ishlash zavodining futbol jamoasi) ilk bor futzal bo‘yicha oliy liga klublari o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionatining kumush medalini qo‘lga kiritdi.