$
 11772.95
-35.81
€
 13224.55
-179.57
₽
 141.14
-1.02
weather
+26
Кечаси   +14°

Toshkent shahridagi beshta tumanda issiq suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Issiq suv

Toshkent shahrida navbatdagi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, issiqlik tarmoqlari hamda tegishli uskunalar barqaror va uzluksiz ishlashini ta’minlash maqsadida rejalashtirilgan profilaktika ishlari amalga oshiriladi. Shu munosabat bilan “Veolia Tashkent” kompaniyasi poytaxtning bir qator hududlarida issiq suv ta’minoti vaqtincha cheklanishini ma’lum qildi. Yuzaga keladigan cheklovlar 5-oktyabrdan boshlab ketma-ket 5 kun mobaynida amal qiladi. Ma’lum qilinishicha, profilaktika tadbirlari IM-6, IM-8, “Vodnik“ hamda “Sanoatenergo” qozonxonalari xizmat ko‘rsatadigan hududlarni qamrab oladi.

Ro‘yxat:

Mirobod tumani: Baratxo‘ja, Parvona, Chinor, Yuksalish, Yangi Qo‘yliq, Tolariq, Ziyonur, Bilimdon, Fayzobod, Sariqo‘l, Qorasuv, Oltinko‘l, Furqat, Abdurauf Fitrat MFYlari.

Yashnobod tumani: Katta Qo‘yliq, Mumtoz MFYlari.

Sergeli tumani: O‘zgarish, Habibiy, Mehrigiyo, Madadkor, Ziynat, Yangi Sergeli, Sohibkor, Sofdil, Nilufar, Ittifoq, Nurhayot, Saxovat, Qipchoq, Xalqobod, Madaniyat, Birdamlik, Shukrona, Qo‘shqo‘rg‘on, Quruvchilar, Farog‘atli MFYlari.

Yangihayot tumani: Mash’al, Navqiron, Al-Farg‘oniy, Viqor, Yo‘ldosh, Chorbog‘, Zarbdor, Do‘stlik, Charog‘on, Yorqinhayot, Xushnud MFYlari.

Bektemir tumani: Zilola, Rohat, Mirishkor, Iqbol MFYlari.

Теги :
Jamiyat