$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 10-aprelning eng muhim voqealari dayjesti

4 10

2070 ta jome masjidda Ramazon hayit namozi o‘qildi

Bugun erta tongdan yurtimizdagi barcha jome masjidlari yurtdoshlarimiz bilan gavjum bo‘ldi. Mavjud 2070 ta jome masjidida Ramazon hayiti munosabati bilan hayit namozi o‘qildi.

Masjidlarga tutash ko‘chalar vaqtincha yopilib, namozxonlar uchun joylar ajratildi. Ichki ishlar, sog‘liqni saqlash va boshqa mutasaddi idoralar vakillari navbatchiligi tashkil etildi.

Nuroniy otaxonlar ushbu qutlug‘ kunda yurtga tinchlik-farovonlik, qut-baraka so‘rab duolar qildi. 

63-Xalqaro gullar festivali

Namangan shahrida 63-Xalqaro gullar festivaliga tayyorgarlik jarayoni boshlab yuborilgan.

Ta’kidlash joiz, 2024-yilning 19-mayidan 23-iyuniga qadar Namangan an’anaviy xalqaro festivalga mezbonlik qiladi.

Bu yil qirq kun davom etadigan tadbir dasturini yanada boyitish, unga taniqli san’atkorlar, el ardog‘idagi ijodkorlarni jalb etish, ko‘proq sayohatchilar kelishi uchun targ‘ibot ishlari tizimli yo‘lga qo'yilmoqda.

Sangardakda osma dor yo‘li barpo etiladi

Joriy yilning 7-9-aprel kunlari Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Vengriya davlatida bo‘lib, yetakchi kompaniyalar bilan ikki tomonlama manfaatli muzokaralar o‘tkazdi.

O‘zbekistonning Vengriyadagi elchixonasi ko‘magida tashkil etilgan safar chog‘ida Denov tumanidagi “Denov Oltin Don” mas’uliyati cheklangan jamiyati “DOPPELMAYR” kompaniyasi bilan qiymati 10 million yevro bo‘lgan osma dor yo‘li loyihasini amalga oshirish bo‘yicha shartnoma imzoladi.

23 nafar mahbus amnistiyaga tushdi

Kogondagi 1-jazoni ijro etish koloniyasida jazo muddatini o‘tayotgan 23 nafar mahbus prezidentning farmoni asosida avf etildi. Ularning chin ko‘ngildan pushaymonligi inobatga olinib, tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgani sabab yana bir imkoniyat taqdim qilindi.

Shuningdek, Buxorodagi boshqa jazoni ijro etish kaloniyalaridan ham bir qator yurtdoshlarimiz oilasi bag‘riga jo‘nab ketdi. Qilgan ishi xatoligini anglagan 10 dan ortiq fuqaroning jazo muddati qisqartirildi.