$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 1-aprelning eng muhim voqealari dayjesti

4 1

O‘zbekiston xalqaro olimpiadaga mezbonlik qiladi

O‘zbekiston 2026-yilda eng nufuzli Xalqaro kimyo va Xalqaro informatika olimpiadalariga mezbonlik qilish huquqini qo‘lga kiritdi. Endi maktablarga 500 nafar xorijlik mutaxassis jalb etiladi.

Tonnalab chiqindi yig‘ib olindi

Andijonda “Chiqindisiz dunyo uchun!” ekoaksiyasi davomida 200 nafardan ortiq ko‘ngilli qatnashgan tozalash, obodonlashtirish ishlarida turli texnikalar jalb etilgan holda 5 tonnadan ortiq chiqindi yig‘ib olindi. Shu bilan birga, mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatimizda bir kunda 19-20 ming tonna chiqindi hosil bo‘lmoqda. Turli xil metallar, shisha idishlar, qog‘oz, plastik va oziq-ovqat mahsulotlarining qoldiqlaridan iborat bo‘lgan chiqindilarning faqat 38 foizi qayta ishlanmoqda.

Farzandlarining yutuqlari uchun taqdirlangan onalar

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida “Ezgulik – shiorimiz, ma’rifat – qurolimiz” shiori ostida madaniy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlari, kitob ulashish aksiyalarini o‘z ichiga olgan loyiha amalga oshirildi va loyiha doirasida 14 ta hududdan 28 nafar onaga farzandlari turli sohalarda katta yutuqlarga erishganligi uchun “Ma’naviyat fidoyisi” ko‘krak nishoni topshirildi.

Dzyudo bo‘yicha Antaliyadan g‘alaba

O‘zbekiston terma jamoasi Antaliyada bo‘lib o‘tgan “Katta dubulg‘a” bahslarida ishtirok etib, musobaqada bronza medaliga sazovor bo‘lishdi.

Bu medalga -73 kg vazn toifasida Shahram Ahadov erishgan.

Keyingi janglar esa, Gonkongda bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionatida, 20-22-aprel kunlariga rejalashtirilgan.